Bugun Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumanida «Öztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Şarifjon Tursunov iştirok etdi, deb xabar berdi ÖzA. 

3 oktabr kuni Xalqaro Press-klubda «Energetika resurslari: islohotlar davrida tejamkorlik va iste'mol madaniyatidagi muammolarning tahlili» mavzusida anjuman bölib ötdi.

Tadbirda «Öztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Şarifjon Tursunov iştirok etdi. U gaz narxlarining oşişi aniq emasligini ma'lum qildi.

«Gaz narxlarining oşişi aniq emas. Narxlar oşişini tasdiqlay olmayman. Qolaversa, gaz narxlarining kötarilişi yoki özgarişini «Öztransgaz» hal qilmaydi. Bu bizning vakolatimizga kirmaydigan masala», - deya aytib ötgan Şarifjon Tursunov.

Eslatib ötamiz, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda va turli Telegram kanallarida elektr energiyasi, gaz, suv va yoqilği narxlarining oşişi haqida ma'lumotlar tarqalmoqda.