Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov, ilgari respublika parlamenti tomonidan tasdiqlangan, Inguşetiya bilan çegarani belgilaş töğrisidagi qonunga imzo çekdi. Bu haqda «RIA Novosti» respublika rahbari ma'muriyatiga asoslanib xabar bermoqda.

26 sentabr kuni Qodirov va Inguşetiya rahbari Yunusbek Yevkurov öz hududlari örtasidagi çegarani aniqlaş töğrisidagi bitimni imzoladilar. Ta'kidlanişiça, Inguşetiyaning Sunjyenskiy tumanidagi toğli örmonzorlar Çeçenistonga berilgan. Inguşetiya Çeçenistonning Nadtereçniy tumanidagi xuddi şunday hududni oldi.

«Çeçeniston rahbari Inguşetiya va Çeçeniston Respublikasi örtasidagi çegara töğrisidagi qonunni imzoladi. U rasmiy e'lon qilinganidan 10 kun ötib kuçga kiradi», - deya xabar berişgan ma'muriyatdan.

Çeçeniston va Inguşetiya örtasidagi ma'muriy çegara töğrisidagi masala 1990 yil boşlarida, hukumat tepasiga Johar Dudayev kelganidan söng ÇIASSR tarkibiga kirgan ikki respublika bölinib ketganidan söng tez-tez yuzaga çiqa boşlagandi.

1993 yilda Çeçeniston rahbari Johar Dudayev va Inguşetiya rahbari Ruslan Auşev imzolagan şartnomaga köra, Sunjyenskiy rayoni Sernovodsk va Assinovskaya aholi punktlaridan taşqari, Inguşetiya tarkibiga ötgandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Inguşetiya va Çeçeniston çegara töğrisidagi kelişuvni imzolagani xabar berildi.