Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ingushetiya va Checheniston chegara to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi
Ingushetiya rahbari Yunus-Bek Yevkurov va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hududlar o‘rtasidagi chegaralarni aniqlash bo‘yicha kelishuvni imzoladi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Biz o‘rtada postlar bo‘lmasligiga, barcha yo‘llar ochiq bo‘lib, ta'mirlanishi va asfaltlanishiga kelishib oldik. Eng asosiysi, nizolar, ehtimoliy qon to‘kishlar va xafagarchiliklar bo‘lmadi", — dedi Ingushetiya rahbari mazkur kelishuv imzolanishi haqida fikr bildirarkan.
Hududiy bahs
Checheniston va Ingushetiya o‘rtasidagi ma'muriy chegara to‘g‘risidagi masala 1990 yil boshlarida, hukumat tepasiga Johar Dudayev kelganidan so‘ng ChIASSR tarkibiga kirgan ikki respublika bo‘linib ketganidan so‘ng tez-tez yuzaga chiqa boshlagandi.
1993 yilda Checheniston rahbari Johar Dudayev va Ingushetiya rahbari Ruslan Aushev imzolagan shartnomaga ko‘ra, Sunjyenskiy rayoni Sernovodsk va Assinovskaya aholi punktlaridan tashqari, Ingushetiya tarkibiga o‘tgandi.
Xabar qilinishicha, chorshanba kuni tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Ingushetiyaning Sunjyenskiy rayoni bir qismida joylashgan tog‘li-o‘rmonli hudud Chechenistonga, Chechenistonning Nadterechniy rayonidagi xuddi shunday hudud Ingushetiyaga beriladi.
"Hech kim yutqazmadi"
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ingushetiya bilan imzolangan shartnomani izohlar ekan, "hech kim yutqazmaganligini" ta'kidladi.
"Mendan kim yutdi, deb so‘rashdi. Bunday savollarni chechen va ingushlarning birdamligi va hamjihatligiga qarshi qaratilgan savol deb baholayman. Lekin baribir qat'iy ishonch bilan rost javob qaytaraman —chechenlar va ingushlar yutdi! Hech kim yutqazmadi!" — deb yozdi u Telegram’da.
U ikki xalqdan birining manfaatlariga putur yetkazuvchi kelishuvni imzolanishi uchun harakat qilmagan bo‘lishini aytdi.
"Endi yo‘l ochildi va mustahkam iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yiladi, korxonalar, firmalar, fondlar, turli kompaniyalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi. Mas'uliyatni zimmamga olib aytamanki, biz birdam, hamjihatmiz", — ta'kidladi Qodirov.
Mavzuga oid
19:43 / 04.01.2026
Qodirov omma oldida hassa tutgan holda ko‘rinish berdi
02:36 / 06.12.2025
Dronlar Chechenistondagi «Grozniy-Siti» kompleksiga hujum qildi
14:53 / 12.11.2025
Yerevanda chechen qizning o‘ldirilishi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:35 / 23.10.2025