Janubiy Koreya sobiq prezidenti Li Myon Bak poraxörlik uçun 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

2008 yildan 2013 yilgaça prezidentlik lavozimini egallagan Janubiy Koreya sobiq rahbarini turli kompaniyalar, jumladan, Samsunğdan pora sifatida 10 million dollar miqdorida pul olişda ayblaşmoqda. Li Myon Bakning özi qöyilgan ayblarni inkor etyapti.

Li Myon Bak qamoqqa tuşib qolgan Janubiy Koreyaning törtinçi prezidenti böldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xening qamoq muddati 25 yilgaça oşirilgandi.