AQŞning Minnesota ştatidagi Gilbert şaharçasi aholisi pişib ötib ketgan mevalardan köp miqdorda yeb, özini mastdek tutayotgan quşlarning xatti-harakatidan şikoyat qilişdi.
Ta'kidlanişiça, şaharda quşlar özini ğalati tutişi bilan boğliq holatlar köpaymoqda: ular özini binolar oynalari, maşinalarga borib urmoqda va boşqa ğalati harakatlar sodir etmoqda. Şu yuzasidan aholidan politsiyaga köplab şikoyatlar tuşgan.
“Bu yerda ösuvçi ba'zi rezavor mevalar erta sovuq sababli odatdagidan avval açiy boşlagan va bu öz navbatida bijğiş jarayonini tezlaştirgan. Körinişiça, ba'zi quşlar özini mastdek tutmoqda”, deb aytilgan politsiya boşliği Tay Teçar bayonotida. Ta'kidlanişiça, quşlar öz harakatlarini bazör boşqarmoqda, gohida esa ma'lum yönaliş böylab harakatlana olmayapti.
Oregon ştati universitetida ta'kidlanişiça, oktabr davomida açib ketgan mevalarni iste'mol qilgan quşlar özini mastdek tutadi.
Politsiya boşliğining aytişiça, joriy yilda mast quşlar bilan boğliq vaziyat jiddiyroq tus olgan. Köplab quşlar janubga uçib ketmagani sababli ular avvalgi yillardagidan köproqdir.
Politsiyada ta'kidlanişiça, quşlar bilan boğliq holda şoşilinç xizmatlarni çaqirişga hojat yöq, çunki quşlar yaqin orada huşyor tortadi.








