UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq çempioni Konor Makgregor va taşkilotning yengil vazn toifasidagi çempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov UFC 229 musobaqasida eng katta pulni olişadi, deya xabar bermoqda MMAFighting.
Nurmagomedov jang uçun 2 million dollar oladi, Makgregor esa bir millionga köproq - 3 mln dollar. Musobaqadagi qolgan jangçilar orasida eng katta pul Toni Fergyusonga beriladi - 150 ming dollar.
UFC 229’dagi iş haqi:
Konor Makgregor — $ 3 mln.
Habib Nurmagomedov — $ 2 mln.
Toni Fergyuson — $ 150 ming
Entoni Pettis — $ 145 ming
Ovins Sen-Pryu — $ 86 ming
Dominik Reyyes — $ 45 ming
Aleksandr Volkov — $ 75 ming
Derrik Lyuis — $ 135 ming
Mişel Uotterson — $ 50 ming
Feliz Xerrig — $ 40 ming
Uşbu pullarga qöşimça ravişda, Makgregor va Nurmagomedov pullik televideniye servislaridan olingan mablağlar böyiça foizlarni oladi. Jang atrofidagi katta qiziqiş e'tiborga olinadigan bölsa, gap juda katta pul haqida ketmoqda, ammo hozirça bu raqamlar oşkor qilinmadi.
Eslatib ötamiz, Makgregor va Nurmagomedov örtasidagi jang 7 oktabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 9:00da bölib ötadi.
Avvalroq, Makgregor Nurmagomedov bilan jang uçun 100 mln dollar olişi mumkin ekani xabar qilingandi.












