Iqlim özgarişi böyiça BMT hukumatlararo ekspertlar guruhi (IPCC) parnik gazlarni çiqarib taşlaş hozirgi darajada saqlanib qolsa, sayyorani qanday oqibatlar kutayotgani tasvirlab berilgan hisobotni e'lon qildi.
Hisobotni tuzişda iqlim özgarişi böyiça 6 mingdan ortiq ilmiy işlarni tahlil qilgan 40ta mamlakatdan bölgan olimlar iştirok etişdi. Unda bildirilişiça, örmon yonğinlari, qurğoqçilik, hosilsizlik va marjon qoyalarning yöq bölib ketişi kabi tabiiy ofatlar Yerga 2040 yilga kelib jiddiy tahdid uyğotadi, ya'ni hozirgi avlod hayoti davrida.
Hisob-kitoblar şuni körsatmoqdaki, parnik gazlar çiqarib taşlanişining hozirgi darajasi saqlanib qoladigan bölsa, 2040 yilga kelib atmosfera örtaça harorati 1,5 darajaga kötariladi hamda bu ilgari taxmin qilinganidan ança oldin yuz beradi. Şu bilan birga, «haroratning bir yarim daraja ösişini çeklaş barça ijtimoiy sohalarda tez, uzoq muddatli va misli körilmagan özgarişlarni talab qiladi», - deyiladi hisobotda.
Hisobot mualliflarining baholaşiça, global miqyosda iqlim özgarişi oqibatida yuzaga keladigan zarar 54 trillion dollarni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq falokatli qurğoqçilik yaqinlaşib kelayotgani taxmin qilingandi.












