WarnerMedia'ga ega bölgan Amerikaning transmilliy telekommunikatsion konglomerati AT&T Netflix bilan raqobatlaşadigan strimingli videoservis işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.

Naşrdan ta'kidlanişiça, bunday rejalar WarnerMedia mediakorporatsiyasini sotib olganidan keyin konglomeratda paydo bölgan. Yangi servisda Warner’ning buyurtmasi bilan olingan TV-şou va filmlarni tomoşa qiliş imkoni bor.

WarberMedia rahbari Jon Stankining qöşimça qilişiça, yangi servis HBO telekanalining pullik striming servisi bilan boğliq böladi, lekin uni almaştirmaydi.

Kutilişiça, WarnerMedia striming servisi 2019 yilning sönggi çoragida iş boşlaydi. Uning nomi keyinroq e'lon qilinadi.