Jahon futboli ensiklopediyasida Bobbi Çarlton haqida quyidagi sözlar yozilgan:

«U - eng maşhur ingliz futbolçisi. Uning ismi ingliz futbolidagi eng buyuk voqealar bilan çambarças boğliq. Çarlton nomi sportdagi halollik, maydonda özini tutiş va jyentelmenlikning sinonimiga aylangan».

Xalqaro futbol statistikasi acsotsiatsiyasi uni futbol tarixidagi eng yaxşi futbolçilar önligi röyxatiga kiritgandi.

Futbolçilik qobiliyati unga toğalaridan ötgandi. Onasining uç akasi «Lids» futbolçilari bölişgan, yana bir qarindoşi esa afsonaviy Jyekki Milburn edi.

«Ba'zida Milburn bizni «Nyukasl» öyinlariga olib borardi. U bizni qölida yetaklab tunneldan olib çiqardi va murabbiylar örindiğiga kuzatib qöyardi. Özimizni göyoki katta odamdek his qilardik Bobbi ikkalamiz», deya hikoya qiladi Bobbining akasi Jyeki (u ham futbolçi bölgan).

Uning futbolga kirib kelişi qiyin bölmadi. Nyukasl yaqinidagi Eşington şaharçasida tuğilgan Bobbining talanti ösmirlik davrlaridayoq köpçilikning e'tiborini qozonib ulgurgandi. 16 yoşli Bobbi biratöla 20ta klub seleksionerlarining nazariga tuşgandi. Dastlab u ikkilandi, ammo «MYu»ning aşaddiy işqibozi bölgan jismoniy tarbiya öqituvçisining ta'siri ostida «mankunianliklar»ning qizil libosini kiyişga qaror qildi.

Uning faoliyati boşlanişi ajoyib davrga töğri keldi. Buyuk murabbiy Mett Basbi yoş futbolçilardan ajoyib tarkib tuzdi va bu jamoa Angliya çempionatiga özgaça ob-havo olib kirgandi. Bobbining debyuti 1956 yilga töğri keladi va har ikki oyoqda kuçli zarba bera oladigan, ajoyib texnika sohibi bölgan çap qanot hujumçisiga jamoa ansamblida munosib joy topildi.

Basbi ajoyib jamoa tuzgandi. U seleksionerlar bilan birgalikda Britaniyaning turli burçaklariga borar va öz jamoasi uçun javohirlarni izlardi. «Basbi bolalari» (ularga şunday nom berişgandi, aynan şunga taqlidan keyinçalik «MYu»ning 90-yillardagi buyuk tarkibi «Fergi bolalari» deb atalgandi) Angliyada ketma-ket ğalabalar qozona boşlaşdi. Qat'iy va heç narsadan tap tortmaydigan, mağlubiyat nima bilmaydigan yoş futbolçilar yöllarida uçragan kubokni qölga kiritib ketaveradigan jamoaga aylanib borişayotgandi. Ikki yil ketma-ket mamlakat çempionligi qölga kiritildi, kubok finalida öynaşdi. 

Klubning navbatdagi maqsadi albatta Yevropa Çempionlari kubogi edi. Ammo... Har qanday vazifani uddalaşda heç qanday tösqinlikni tan olmaydigan yigitlar uçun taqdirning ulkan sinovi tayyorlab qöyilgandi.

1958 yilning 6 fevrali. «Basbi bolalari» Belgraddan xursandçilik bilan qaytişayotgandi. «Tsrvena Zvezda»ga qarşi uçraşuvda ular 0:3 hisobini 3:3ga aylantira olişgan va turnirning yarim finaliga yöllanma qölga kiritişgandi. Bobbi Çarlton ikkita gol urib, ğalabaga öz hissasini qöşgandi. Myunxenda yoqilği quyiş uçun qöngan samolyot havoga kötarilişda qiyinçilikka duç keladi. Qorli böron boşlangandi va uçuvçining uçinçi urinişi fojia bilan yakunlanadi. Klubning 8 futbolçisi halokat joyida vafot etadi.