Keça ingliz futbol afsonasi Ser Bobbi Çarlton 86 yoşida vafot etdi. Futbol olami «ser» deganda boşqa odamni tuşunişga örganib qolgan bölsa-da, aslida mamlakat futboli uçun Aleks Fergyusondan kam bölmagan darajada xizmat qilgan boşqa Ser ham bor. Bobbi Çarlton «Mançester Yunayted»ning Myunxen osmonidagi halokatida ham, ön yil ötib, jamoa Çempionlar Kubogi finalida qayta uyğonganida ham, Angliya milliy jamoasining tarixdagi yagona katta ğalabasida ham nafaqat iştirok etgan, boş yaratuvçilaridan biri ham bölgan. Keling Bobbi Çarlton xotirasi uçun uning öxşaşi yöq faoliyatiga batafsilroq nazar taşlaymiz.

Jahon futboli Ensiklopediyasida Bobbi Çarlton haqida quyidagi sözlar yozilgan:

«U – eng maşhur ingliz futbolçisi. Uning ismi ingliz futbolidagi eng buyuk voqealar bilan çambarças boğliq. Çarlton nomi sportdagi halollik, maydonda özini tutiş va jyentelmenlikning sinonimiga aylangan»

Xalqaro futbol statistikasi asossatsiyasi uni futbol tarixidagi eng yaxşi öyinçilar önligi röyxatiga kiritgandi.

Futbolçilik qobiliyati unga toğalaridan ötgandi. Onasining uçta akasi «Lids» futbolçilari bölişgan, yana bir qarindoşi esa afsonaviy Jyekki Milburn edi.

- Ba’zida Milburn bizni «Nyukasl» öyinlariga olib borardi, - hikoya qiladi Bobbining akasi Jyeki (u ham futbolçi bölgan), - u bizni qölida yetaklab tunneldan olib çiqardi va murabbiylar örindiğiga kuzatib qöyardi. Özimizni göyoki katta odamdan xis qilardik Bobbi ikkalamiz.

Uning futbolga kirib kelişi qiyin bölmadi. Nyukasl yaqinidagi Eşington şaharçasida tuğilgan Bobbining talanti ösmirlik davrlaridayoq köpçilik e’tiborini qozonib ulgurgandi. 16 yoşli Bobbi biratöla yigirma klub seleksionerlarining nazariga tuşgandi. Dastlab u ikkilandi, ammo «MYu»ning aşaddiy işqibozi bölgan jismoniy tarbiya öqituvçisining ta’siri ostida «mankunianlik»larning qizil libosini kiyişga qaror qildi.

Faoliyatining boşlanişi ajoyib davrga töğri keldi. Buyuk trener Mett Basbi yoş futbolçilardan ajoyib tarkib tuzdi va bu jamoa Angliya çempionatiga özgaça ob-havo olib kirgandi. Bobbining debyuti 1956 yilga töğri keladi va har ikki oyoqda kuçli zarba bera oladigan, ajoyib texnika sohibi bölgan çap qanot hujumçisiga jamoa tarkibida munosib joy topildi.

Basbi ajoyib jamoa tuzgandi. U seleksionerlar bilan birgalikda Britaniyaning turli burçaklariga borar va öz jamoasi uçun javohirlarni izlardi. «Basbi bolalari» (ularga şunday nom berişgandi, aynan şunga taqlidan keyinçalik «MYu»ning 90-yillardagi buyuk tarkibi «Fergi bolalari» deb atalgandi) Angliyada ketma-ket ğalabalar qozona boşlaşdi. Qat’iy va heç narsadan tap topmaydigan, mağlubiyat nima bilmaydigan yoş futbolçilar yöllarida uçragan kubokni qölga kiritib ketaveradigan jamoaga aylanib borişayotgandi. Ikki yil ketma-ket mamlakat çempionligi qölga kiritildi, kubok finalida öynaşdi.