Angliya milliy jamoasi hamda «Mançester Yunayted» klubi afsonasi ser Bobbi Çarlton bugun, 86 yoşida hayotdan köz yumdi.

«Çuqur qayğu bilan şuni ma’lum qilamizki, ser Bobbi şanba kuni ertalab hayotdan köz yumdi», - deyiladi «MYu» xabarida.

«Mançester Yunayted» klubi va Angliya milliy jamoasi hujumçisi bölgan Bobbi Çarlton 1966 yil jahon çempionligini qölga kiritgan. Aynan öşa yil «Oltin töp» sohibiga ham aylangan.

Ser Bobbi Çarlton 1958 yil Myunxen aviafojyeasida «Mançester Yunayted»ning tirik qolgan öyinçilaridan biri edi. 

Çarlton «MYu» safida 1956 yildan 1973 yilga qadar töp surib, 758 öyinda 249ta gol muallifiga aylangan.  U mançesterliklar tarkibida 3 karra Angliya çempioni, Angliya kubogi, Yevropa çempionlari kubogi hamda tört marta Angliya Superkubogini qölga kiritgan.