GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizini Britaniyaning Solsberida şahri zaharlaş şunga olib keldiki, uşbu şaharda köçmas mulk qariyb 10%ga arzonlaşdi. Bu haqda The Guardian gazetasi yozmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, may oyidan iyul oyiga qadar sotilgan uylar örtaça 299,2 ming funt turgan. Biroq, undan avvalgi uç oyda ular örtaça 328,2 ming funt sterlingga sotilgan.
Cashback Remortgages kredit taşkilotining tadqiqotiga köra, Solsberida köçmas mulkka narxlarning tuşişi taxminan 8,8 foizni taşkil etdi. Solsberi joylaşgan Uiltşir grafligining butun hududida şu davrda köçmas mulk qiymati 1,9%ga ösişiga qaramay, yuqoridagi şaharda narxlar pasaygan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Solsberidagi zaharlaş bilan boğliq holatda gumonlanayotgan «Aleksandr Petrov» GRU zobiti Aleksandr Mişkin bölib çiqqandi.













