Mutaxassislar vaznni jismoniy yuklamalarsiz kamaytirişga yordam beruvçi, tanadagi yoğlarni erituvçi içimliklar reytingini tuzişdi. Uşbu röyxat Daily Star naşri tomonidan çop etildi.

Reytingning eng yuqori poğonasidan kök çoy joy olgan. U metabolizm – organizmda moddalar almaşinuvini tezlaştirişga va buning natijasida yoğlarni eritişga imkon beruvçi flavonidlar va kofeinga boy. Mutaxassislarning aytişiça, oziş uçun kök çoydan har kuni 2-3 çaşka içiş lozim.

2-öringa tomat şarbati qöyilgan. Uşbu içimlikdan kuniga bir stakandan iste'mol qiliş uni iste'mol qilmaganlarga nisbatan bel qismida 50 foizdan köproq yoğdan foriğ bölişga olib keladi. Bundan taşqari, tomat şarbati organizmdagi xolesterin darajasini kamaytiradi.

3-örin olma sirkasiga berilgan. U moddalar almaşinuvini faollaştiradi va töplangan yoğdan energiya manbai sifatida foydalanadi. Vazn taşlaş uçun undan kuniga 2-3 oş qoşiq suvga aralaştirib içiş kifoya qiladi.

Röyxatning 4-örnini zanjabil egallagan. Bu modda töqlik hissini köproq his qilişga imkon beradi. Bir stakan zanjabil içimligini oliş uçun qirğiçdan 1,5 çoy qoşiq zanjabil çiqarib, uni 10 daqiqa qaynoq suvda damlaş lozim.   

Röyxatning sönggi poğonasini oddiy içimlik suvi egallagan. Kuniga 8 stakan suv içiş qorinning şişişi va hazm qiliş faoliyatining buzilişiga olib keluvçi degidratatsiya rivojlanişi xavfini kamaytiradi. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, organizmda suv balansiga amal qiliş samarali ozişning garovi hisoblanadi.