Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LADA kuzovi to‘rt xil ko‘rinishdagi yangilangan Granta'ni taqdim etadi. Granta haqida nimalar ma'lum?

LADA’ning shu kunga qadar eng ko‘p sotilgan modellaridan biri, Rossiya hududida 2011-yilda savdoga chiqarilgan Granta – 2018 yilda mutlaqo yangi ko‘rinish kasb etdi.
Yangilangan LADA Granta o‘ta zamonaviy, «Iks» uslubidagi tashqi ko‘rinishga ega bo‘ldi. O‘zbekiston bozorida ikki xil transmissiya: AT va MT ko‘rinishida sotuvga chiqarilgan. Avtomobil mahalliy sharoitlarga moslashgan bo‘lib: 160 mm klirens, keng salon, o‘rindiqlarni isitish moslamasi, parkovka qilishda zarur bo‘lgan sensorlar hamda keng sig‘imli yukxonaga ega.
Yangi LADA Granta'ning farqi nimada?
Yangi LADA Granta'ning konsepsiyasi uchun zamonaviy «Iks» brendi asos qilib olingan. Shu sababdan, yangi model chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib, yorqin qilib ishlangan. Tashqi dizaynda foydalanilgan iks-elementlar sababli, avtomobil ko‘rinishi kuchli va savlatli bo‘lib chiqqan.
O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan har bir model o‘z xarakteri ega desak adashmaymiz.
· LADA Granta sedan – mobil, funksional hamda o‘ziga ishongan avtomashina;
· LADA Granta liftbek – dinamik ko‘rinishdagi dizayn va katta sig‘imlilikni uyg‘unlashtira olgan avtomobil;
· LADA Granra xetchbek – kompakt ko‘rinishli va manevrlarga qulay bo‘lgan avtomobil;
· LADA Granta universal – keng va qulay – sayohatga ham, ishga ham doim tayyor turgan avtomashina.
Har qanday komplektatsiyali avtomobil uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan 3 yillik antikorroziya kafolati berilgan. Bundan tashqari kuzovning barcha detallari sinkovka qilingan bo‘lib, yangi modellarning podveskasi modernizatsiyadan o‘tgan va kengaytirilgan klasterga ega.
Avtomobillarda xaridorlarni xursand qiladigan, 520 litrlik yukxona mavjud. Bundan tashqari, katta gabaritli narsalarni olib o‘tish zarurati paydo bo‘lganda, orqa o‘rindiqlarni 2/3 qismga taxlab olish imkoniyati bor. Haydovchining qulayligi uchun o‘rindiqlarni teparoq yoki pastroq qilib moslab olish imkoniyati ham mavjud.
Motori qanday ekan, deysizmi?
LADA Granta’ning kapoti ostida – kuchli 1,6 litr hajmga ega bo‘lgan benzinli dvigatel joylashgan. Avtomobilning xili, konfiguratsiyasi va korpusiga qarab, 10,5 dan 13,1 sekundda 100 km/soat tezlikka erishishi mumkin. Bundan tashqari, avtomashinalar yoqilg‘ini tejamkorlik bilan sarflashi bilan farq qiladi. Aralash sikldagi 100 km yo‘lga 6,5 litrdan 7,2 litrgacha bo‘lgan yoqilg‘i sarflaydi.
Avtomashinalarning barcha turdagi korpuslarida chidamli va shovqin darajasini kamaytiradigan, shuningdek avtomobil dinamikasini yaxshilaydigan yangi avlod porshinlaridan foydalanilgan.
Harakatlanishda bir nechta turlari mavjud bo‘lib, shahar va trafik yuqori bo‘lgan paytda o‘ta manevrli, shuningdek qish paytida yaxlagan yo‘llardan start olish uchun qulay. Maxsus sport rejimi esa, harakat paytida, dinamik tezlikni yaxshigina oshirish imkonini beradi. «Shahar» va «Sport» rejimlari ushbu modellar uchun mutlaq yangi hisoblanib, foydalanishda juda qulay hisoblanadi.
Yangi LADA Granta qancha turadi va uning qanday komplektatsiyalari mavjud?
O‘zbekistonda yangi LADA Granta’ni quyidagi ko‘rinishdagi xillariga buyurtma bersa bo‘ladi:
· Standart – narxi bo‘yicha eng yaxshi va asosiy qulayliklarga ega bo‘lgan turi;
· Classic i Comfort – qulayliklarning optimal tarzda jihozlanishi va xavfsiz;
· Luxe – yuqori darajali qulaylik.
Yangi LADA Granta'ning optimal qulayliklarga ega bo‘lgan xili rasmiy dilerlar tomonidan taklif etilayotgan narxi – 65.900.000 so‘m. Luxe versiyasi bo‘yicha, to‘rt pog‘onalik uzatish tizimiga ega bo‘lgan xilining narxi – 86.900.00 so‘mga to‘g‘ri keladi.
Yangi LADA Granta – kundalik hayotda zamonaviy, ishonchli va qulay avtomobil bo‘la oladi
LADA Uzbekistan kompaniyasining dilerlik markazlari quyidagi manzillarda joylashgan:
Sergeli LADA
Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi, 7
Telefon: +99871 215-02-30.
Rohat LADA
Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Bektemir tumani, TXAY-1 (JBI-2 ro‘parasida)
Telefon: +99899 837-91-99; +99890 978-88-77; +99890 953-08-29
Farg'ona LADA
Manzil: O‘zbekiston, Farg‘ona shahri, A. Qodiriy ko‘chasi, 3a
Telefon: +99898 575-88-05; +99893 646-86-87
Kashkadarya LADA
Manzil: O‘zbekiston, Qarshi shahri, Shibayeva ko‘chasi (Geolog stadioni ro‘parasida)
Telefon: +99893 900-22-00; +99897 222-06-33
Navoiy LADA
Manzil: O‘zbekiston, Navoiy shahri, Me'morlar ko‘chasi, 3
Telefon: +99890 646-57-44; +99893438-61-10; +99895 607-45-74
Qamashi LADA
Manzil: O‘zbekiston, Qashqadaryo viloyati, Qamashi shahri, Qamashi ko‘chasi, 1
Telefon: +99891 945-07-70; +99875 532-41-33
Urganch LADA
Manzil: O‘zbekiston, Urganch shahri, Mahmud az-Zamaxshariy ko‘chasi, 57v
Telefon: +99897 513-56-55; +99893 283-83-38; +99890 737-07-07
Samarqand LADA
Manzil: O‘zbekiston, Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi, 150B
Telefon: +99890 538-77-37; +99893 223-46-26
Buxoro LADA
Manzil: O‘zbekiston, Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 69
Telefon: +99865 221-87-39; +99898 335-35-31; +99893 383-48-98
AGZAMHON AVTO SAVDO
Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 110
Telefon: +99871 212-02-17; +99899 857-91-99; +99897 777-42-24
Jizzax LADA
Manzil: O‘zbekiston, Jizzax shahri, Xalqlar Do‘stligi ko‘chasi, 2
Telefon: +99898 561-70-71; +99894 345-35-35
Aral LADA
Nukus shahridagi LADA’ning rasmiy dileri
Manzil: Nukus shahri, Beruniy ko‘chasi, raqamsiz
Telefon: +99893 485-23-45; +998 97 353-13-04
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:08 / 04.12.2019
LADA Rohat dilerlik markazi xaridorlar o‘rtasida yutuqli aksiya o‘tkazadi
17:00 / 25.10.2019
LADA Uzbekistan blogerlar uchun yirik tanlov e'lon qiladi: bosh sovrin – Lada XRAY Cross avtomobili!
14:00 / 09.09.2019
O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan LADA avtomobillarini 4,5 mln so‘mgacha chegirma bilan xarid qiling!
13:00 / 10.08.2019