Bugun, 17 oktabr kuni “Özmilliybank” huzuridagi Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksportini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşabbusi bilan Toşkent şahridagi "HYATT REGENCY" mehmonxonasida dunyoga maşhur Rockwell automation kompaniyasining taqdimoti bölib ötdi.
Ma'lumki, mazkur kompaniya sanoat avtomatizatsiyasi uçun yeçimlar işlab çiqiş va tayyorlaş sohasida dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uning yillik mablağ aylanmasi 7 milliard dollardan oşiq. Hozirgi kunda 80 ta mamlakatda öz bölinmalariga ega.

Bugungi kunda kompaniya neft-gaz, toğ-kon, metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoatining yetakçi kompaniyalari hamda xalq iste'moli mollari işlab çiqaruvçilari, maşinasozlik, energetika sektori, kimyo va neft kimyo, sellyuloza-qoğoz sohasi korxonalari, farmakologiya kompaniyalari, kommunal xöjaliklar va boşqa tor yönalişdagi kompaniyalar bilan faol hamkorlik qiladi.
Tadbirda yiğilgan mahalliy tadbirkorlarga kompaniya işlanmalarining işlab çiqariş sohasida ahamiyati va zaruriy jihatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Ma'lumot örnida: 2018 yilning 1 oktabridan boşlab «SB PAUER» MÇJ Rockwell automation'ning Özbekistondagi vakili sifatida faoliyat yuritişni boşladi. Mazkur korxonaga kompaniyaning Özbekiston Respublikasida işlab çiqarişni rivojlantirişda manfaatlarini ilgari suriş, korxonalarga kömak beriş vakolati berilgan.







