2018 yilning ötgan töqqiz oyi davomida eng yuqori örtaça oylik iş haqini moliyaviy va suğurta faoliyati sohasidagi taşkilotlar xodimlari olişgan. Ularning örtaça nominal iş haqi 3 mln 213 ming sömdan ortiqroqni taşkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasining ma'lumotida keltirilmoqda.

Keyingi örinni axborot va aloqa sohasi xodimlari egallaşgan. Ularning örtaça nominal iş haqi 3 mln 196 ming sömga teng bölgan.

Ma'lumotga köra, eng kam örtaça nominal iş haqi esa soğliqni saqlaş va ijtimoiy soha xodimlariga hisoblangan. Ularning örtaça nominal iş haqi 1 mln 85 ming sömga teng bölgan.

Ta'lim sohasida işlayotganlar ham boşqa soha vakillariga nisbatan kamroq maoş olişlari ma'lum böldi. Ularning örtaça nominal iş haqi 1 mln 300 ming sömga yaqin.

Davlat statistika qömitasining ma'lum qilişiça, 2018 yil yanvar-sentabr oylarida Özbekiston Respublikasida örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 1 mln 684,5 ming sömni (iş haqiga ustama, mukofot, rağbatlantiriş xususiyatiga ega tölovlar, kompensatsiya va işlanmagan vaqt uçun haq kabi tölovlar kiritilgan, şuningdek uning tarkibida jismoniy şaxslar daromad soliği, ijtimoiy suğurta va kasaba uyuşmasiga tölovlar ham mavjud) taşkil etgan.