AQŞdagi oraliq saylovlar

AQŞda 3-noyabr kuni bölib ötgan Kongress oraliq saylovlari natijalari maʼlum böldi. Demokratlar Vakillar palatasida ham, Senatda ham nazoratni qölga kiritadi.

AP hisob-kitoblariga köra, Senat allaqaçon demokratlar nazoratiga ötdi. Demokratlar AQŞ Senatidagi 100 ta örindan kamida 54 tasiga egalik qilmoqda. Demokratlar respublikaçilardan yetti örinni tortib oldi, şu tariqa prezident Trampning partiyasi Senatdagi köpçilik mavqeyini yöqotdi. Hatto konservativ Texasda ham qariyb 40 yilda ilk bor demokrat senator va demokrat gubernator saylandi.

Ayni şu vaqtda 435 örinli Vakillar palatasida esa demokratlar köpçilik uçun zarur bölgan 218 örindan oşib, 225 öringa egalik qilmoqda. Respublikaçilar 137 ta okrugda ğolib böldi.

Vakillar palatasidagi demokratlar yetakçisi Hakim Jeffris natijalardan keyin «Amerika uçun ğalaba!» deb yozdi. U yanvarda palata spikeri bölişi kutilmoqda. AQŞ prezidenti Donald Tramp saylov natijalarini qabul qilişga töla tayyor ekanini aytdi.

Saylov natijalari iqtisodiy ahvol va Eron bilan uruşdan norozilik fonida Tramp va respublikaçilarga zarba deb baholanmoqda. Vakillar palatasini nazorat qiliş demokratlarga Tramp prezidentlik muddatining oxirgi ikki yilida tergov va çaqiruv vakolatlarini beradi.

Yevropa aeroportlarida bomba tahdidi

Yevropa aeroportlarida bir kunda ketma-ket bomba tahdidlari qayd etildi. Reuters’ning yozişiça, 3-noyabr kuni kamida yetti samolyot va bitta kruiz kemasiga bomba qöyilgani haqida xabar berildi. Tekşiruvlar natijasida heç qayerda portlovçi qurilma topilmadi, biroq aeroportlar faoliyatida uzilişlar yuzaga keldi.

Tahdidlar Varşava, Sofiya va Rimga uçayotgan ikkitadan reysga hamda Ispaniyaning Mursiya şahriga uçayotgan bitta reysga qaratilgan. Londondan Varşavaga uçayotgan LOT samolyoti yaqindagi Modlin aeroportiga yönaltirildi va aeroport vaqtinça yopildi. Rimga uçayotgan Ryanair samolyotlaridan birini esa Italiya harbiy havo kuçlari qöriqlab bordi. Bir kun oldin Londondan Sofiyaga uçayotgan Wizz Air samolyoti ham şunday tahdid tufayli Budapeştga qöndirilgandi.

Şuningdek, Gretsiyaning Siros orolida Isroilga yöl olgan «Crown Iris» kruiz kemasi tekşirildi. Nomaʼlum şaxs kema korpusiga portlovçi qurilma örnatilganini aytgandi. Dastlabki tekşiruvda heç narsa topilmadi.

Tahdidlar uçun heç kim masʼuliyatni öz zimmasiga olmadi, rasmiylar ham biror tomonni ayblamadi.