Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev ASeM (Osiyo-Yevropa) sammiti yalpi sessiyadagi nutqida joriy yuqori ixtiloflik, sanksiyalar köpayişi va savdo uruşlari şaroitlarida xalqaro siyosat taranglikning çöqqisiga yetganini, uni Karib inqiroziga qiyoslaş mumkinligini aytdi.

“Biz “Osiyo-Yevropa” forumining joriy sammitini bu muammolarni hal qiliş uçun qöllaşimiz kerak. Afsuski, dunyoda zamonaviy bosqiçda sermahsul muloqot va hamfikrlikning yetişmasligi kuzatilmoqda. Biz ötgan asrning 60-yillaridagi Qarib inqiroziga qiyoslaş mumkin bölgan joriy iqtisodiy va siyosiy qarama-qarşilikning guvohlari  bölib turibmiz”, deb aytgan Nazarboyev. 

Qozoğiston prezidenti sammit AQŞ, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi va boşqa davlatlarni dunyodagi mavjud özaro kelişmovçiliklarning yeçimini topişga çorlaşi lozimligini aytgan.

“Agar Suriya, Ukraina va boşqa davlatlardagi muammolar tartibga solinmasa, vaziyat tobora keskinlaşevaradi. Ballistik raketalar tarqalişi xavfi bor ekan, xalqaro terrorçilik boş muammo bölib qoladi”, deb qöşimça qilgan Nazarboyev. 

Qozoğiston rahbari jahon iqtisodiyotidagi holatning yomonlaşayotgani ortida ba'zi noçor davlatlarda vaziyat yanada murakkablaşayotgani va bu butun insoniyatga jiddiy çorlov bölişini ta'kidlab ötdi. 

“Ikkinçi jahon uruşi va boşqa ixtiloflardan keyin davlatlar yetakçilari yaqindan hamkorlik qilişgan va terrorçilikka qarşi kuraşda umumiy yeçimlar topişgan. Şu sababli men barça davlatlarni muloqotga çorlayman va Ostona maydonçasini muzokaralar uçun qöllaşni taklif qilaman”, deb ta'kidlab ötdi. Qozoğiston rahbari. 

Karib inqirozi Sobiq ittifoq va AQŞ örtasida 1962 yil oktabrda vujudga kelgan öta keskin siyosiy, diplomatik va harbiy qarama-qarşilik bölib, uşbu qarama-qarşilik AQŞ tomonidan 1961 yil Turkiyada yadroviy qurol joylaştirilişi va keyinroq bunga javoban Sobiq ittifoqning harbiy qismlari, texnika va qurol-aslahasi, jumladan yadroviy qurolining Kubaga taşlanişi oqibatida yuzaga kelgan. Inqiroz global yadroviy uruşga olib kelişi mumkin bölgan. Uşbu ziddiyatga özaro kelişuvlar natijasida barham berilgan.