Soliq tölovçi jismoniy şaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qöyiş, ularga soliq tölovçining identifikatsiya raqamini beriş böyiça davlat xizmati körsatişning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
 
Xizmatdan uç xil yöl bilan foydalaniş mumkin:

• Davlat xizmatlari markazlari orqali;
• Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (portalda röyxatdan ötiş talab etiladi);
• Davlat soliq qömitasining rasmiy veb-sayti orqali.
 
Uçala holatda ham doimiy yaşaş joyi (hudud va tuman/şahar nomi), F.I.O., tuğilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami (fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun – şaxsni tasdiqlovçi hujjat), jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami (pasportda qayd etiladi), elektron poçta manzili va telefon raqamini körsatgan holda anketa töldiriladi. Bundan taşqari, pasport nusxasi ilova qilinadi.
 
Ariza beruvçi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda uning uçun anketani markaz xodimi töldiradi. Söng u qoğozga çiqariladi, anketadagi ma'lumotlarning töğriligi ariza beruvçining imzosi bilan tasdiqlanadi, hujjatlar markaz xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi va Davlat soliq qömitasiga yuboriladi. Bunga 10 daqiqa ketadi.
 
Söng DSQ hujjatlarni olgan paytdan boşlab 1 soat içida matritsali ştrix-kodli (QR-kodli) soliq tölovçi sifatida hisobga qöyilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylaştiradi. DSQ xodimining ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjat Davlat xizmatlari markaziga (ariza beruvçi özi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud bevosita ariza beruvçiga (YaIDXP yoxud DSQning veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda) yuboriladi. Davlat xizmatlari markazi 10 daqiqa içida elektron hujjatni ariza beruvçiga yuborişi, uning söroviga köra uni qoğozga çiqarişi va elektron şaklda taqdim etişi şart.
 
Uşbu davlat xizmatidan foydalaniş çoğida ariza beruvçi elektron raqamli imzoga ega bölişi talab etilmaydi. Xizmatning özi esa – bepul.
 
Hujjat 15.10.2018 yildan kuçga kirdi.