Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga davlat taşrifi doirasida «Vneşekonombank», «VEB-lizing» AJ va Toşkent şahar hokimligi örtasida hamkorlik töğrisida bitim imzolandi.
Hujjatga köra, tomonlar umumiy qiymati 100 mln dollarga teng Rossiya texnikasi, uskunalari va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda Toşkentda yöl harakatini taşkil etiş, şahar transporti va yöl xöjaligini modernizatsiya qiliş dasturlarini moliyalaştiriş böyiça uzoq muddatli, samarali va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş niyatida.
Tomonlarning ta'kidlaşiça, imzolangan bitim - Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston örtasidagi keng qamrovli hamda özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş böyiça keng kölamli kun tartibining bir qismidir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning qöşma bayonoti e'lon qilingandi.












