Joriy yilning may oyi örtalarida kuçli yomğirlar natijasida Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hududlarida kuçli sel yuzaga kelgandi. Sel oqimi Surxondaryoning Qumqörğon, Boysun, Şerobod va Denov tumanlarida aholi turar-joylariga katta talofatlar yetkazgandi. Tabiiy ofat ortidan zudlik bilan mazkur hududlarda tezkor ştablar taşkil etildi. Seldan söng yetkazilgan zararlarni aniqlaş maqsadida, mutasaddilar tomonidan tuzilgan işçi guruhlar faoliyat olib bordi. Baholovçi taşkilotlar sel bosgan joylarda bölib, hisobotlar tayyorladi.
2018 yilning 28 iyun kuni e'lon qilingan Vazirlar Mahkamasining 528-f sonli farmoyişida davlat tomonidan uşbu hudud aholisining yaşaş joylariga sel oqibatida yetkazilgan zararga kompensatsiya tölanişi belgilangandi. Farmoyişda 235ta uy vayronaga aylangani va ularni ta'mirlaş uçun jami 12,6 milliard söm miqdorida mablağ ajratilgani körsatilgandi.
Bundan taşqari, Surxondaryo viloyatining öşa paytdagi hokimi Erkinjon Turdimov topşiriği bilan muammoni hal etiş maqsadida işçi guruh tuzilgandi. Viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari bu işlarga şaxsan mas'ul etib tayinlangandi. Uyi vayron bölganlarga yarmi naqd, yarmi plastik kartada pul mablağlari tarqatilgandi. Şu bilan birgalikda, köpçilikka homiylar ham biriktirilgandi. Biroq endi ma'lum bölişiça, ba'zi hududlarda mablağ va homiy masalasida juda katta tuşunmovçiliklar yuzaga kelgan.
Yaqinda «Kun.uz» tahririyatiga Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanida yaşovçi bir guruh fuqarolardan viloyat va tuman mutasaddilarining nohaqliklari yuzasidan murojaat kelib tuşdi. Sayt ijodiy guruhi murojaatni örganiş uçun Surxondaryo viloyatiga bordi. Qumqörğon tumanining «Boğaro» mahallasida yaşovçi uysiz kişilar bilan suhbatlaşildi.
Video: TasIX
Video: YouTube
Ulardan biri fuqaro Mukarram Musayeva bölib, u mahalla fuqarolar yiğini va tuman hokimiyatidan noroziligini bayon etdi. Uning aytişiça, turmuş örtoği 2 yil muqaddam qurilişda işlayotgan vaqtida nogiron bölib qolgan, hozirda 1 guruh nogironi hisoblanadi. Şu vaqtgaça tuman mutasaddilari uning holidan xabar olmagan.
Musayeva joriy yilning 18 may kuni qişloqqa bostirib kelgan selni eslaydi. Uning hikoya qilişiça, oila a'zolari tabiiy ofatdan omon qoliş uçun balandlikka çiqib ketadi. Keyinroq qişloqqa işçi guruh keladi. Uşbu oilaning uyi ham yaroqsiz holga kelgan uylar qatoriga kiritiladi. Oilaning uyi töliq buzib taşlanadi. Oila taşqarida, ötovda jon saqlay boşlaydi. Avvaliga Termiz şahri hokimi oilaga homiy qilib biriktiriladi. Lekin homiylik ham oxirigaça qilinmaydi. Farmoyiş bilan oilaga 84 417 164 (sakson tört million tört yuz ön yetti ming bir yuz oltmiş tört) söm mablağ ajratiladi. Mablağning yarmi naqd, yarmi esa plastikda beriladi. Oila boşliği nogironligi sabab Mukarram opa quriliş işlarini özi boşqarib turadi. Ayol naqd pulni maqsadli sarflaydi. Biroq vaqt ötib, turmuş örtoğining nomiga oçilgan plastik kartada turgan mablağga blok qöyiladi.

«Uyni quriş işlari töxtab qoldi. Avvaliga hokimiyatdagilar keyinroq plastik kartalaringiz oçiladi, deyişdi. Qarz ham olib davom ettirayotgandik. Hozirga kelib, 10-15 million söm qarzimiz ham bor. Keyinroq Qumqörğon tuman hokimi örinbosari (sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosar) plastik kartadagi mablağni qaytarasizlar, deb aytdi. Murojaat qilmagan joyimiz qolmadi. Mahalla fuqarolar yiğini esa 84 417 164 (sakson tört million tört yuz ön yetti ming bir yuz oltmiş tört) söm mablağ uçun taşakkurnoma ham yozdirib olgan. Nega plastik kartamizga blok qöyişdi? Nega mablağni qaytarasan deyişmoqda? Qiş yaqinlaşmoqda, biz endi nima qilamiz? Nega biz oddiy fuqarolarni aldaşadi? Prezidentimizdan adolat örnatişlarini sörab qolamiz», - deydi Mukarram Musayeva.
Şundan söng, boşqa fuqarolar bilan qanday vaziyat ekanini örgandik. Mahallaning deyarli barça qismini sel vayron qilgan. Ahvol juda açinarli. Ma'lum bölişiça, boşqa jabrlanuvçilarga berilgan plastik kartalarga ham blok qöyilgan. Ulardan ham pulni qaytarişni talab qilişgan. Ba'zilarining homiylari oxirigaça yordam bermay ketib qolgan. Ayni vaqtda qişloqning köpçilik aholisi uysiz yoki salga qulab ketişi mumkin bölgan uylarda yaşamoqda. Vaziyatga oydinlik kiritiş uçun birma-bir davlat taşkilotlarining eşiklarini taqillatdik.

Avvaliga Termiz şahri hokimiyatiga bordik. Şahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev bilan boğlandik. Şahar hokimi qaytadan hisob-kitob bölayotgani va tez orada muammo öz yeçimini topişini aytdi. Lekin u nega homiylikni oxirigaça yetkazmaganini izohlay olmadi.
Undan keyin viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Alişer Amirov bilan suhbatlaşişga urindik. Biroq nazoratçilar hokim örinbosari majlisga ketganini va qaçon qaytişini bilmasliklarini aytişdi. Ulardan Amirovning yordamçilariga xabar berişlarini söraganimizda, hatto urinib ham körişmadi. Vaziyatga viloyat hokimiyatidan izoh ololmadik.
Keyin viloyat moliya boşqarmasiga bordik. U yerda boşqarma boşliğining birinçi örinbosari Jumanazar Normöminov bilan uçraşdik. Birinçi örinbosar mazkur muammodan xabardor bölgan xodimi Abduqodir Mustafoqulov bilan uçraşuvni taşkillaştirib berdi.

Ma'lum bölişiça, Qumqörğon tumanidagi «Boğaro», «Azlarsoy», «Elobod» va «Ariqoşgan» mahallalaridan talofat körgan 141 nafar fuqaro röyxati tuzilgan. Baholovçi taşkilotlar tomonidan ularning mulki turliça baholangan. Ularga körgan zarariga qarab pul mablağlari ajratilgan. Biroq vaqt ötib, işçi guruh maksimal darajada işlamagani natijasida yana zarar körganlar haqida arizalar kelib tuşavergan. Şunda viloyat hokimi vaziyatni töliq örganib çiqiş borasida qaror çiqargan. Aniqlanişiça, talofat körgan xonadonlar soni 300dan ortib ketgan.
«Vazirlar Mahkamasining farmoyişida mablağ ajratiş masalasi faqatgina yaşaş binosi uçun nazarda tutilgan. Yordamçi xöjaliklar bunga kiritilmagan. Ammo baholovçi taşkilotlar va işçi guruh işni noprofessionallarça bajargan. Buning natijasida hozirgi vaziyat vujudga kelgan. Tez orada yangi tuzilgan işçi guruh barçasiga oydinlik kiritadi», - dedi moliya boşqarmasi xodimi.
U 54ta xonadon homiylikka biriktirilgani, lekin ularning 30 foizigina işni oxirigaça bajargani va qolgani işni oxirigaça yetkazmay ketib qolganini aytib ötdi.
Moliya boşqarmasidan çiqib, viloyat prokuraturasiga bordik. U yerdagilar prokuratura vaziyatdan xabardorligini, bu iş yuzasidan jinoyat işi oçilganini aytişdi. Prokuratura xodimi tergov siri ekanini hisobga olib, hozirça töliq ma'lumot bera olmasligini bildirdi.
Savollar paydo böladi. Vazirlar Mahkamasining 528-sonli farmoyişida Qumqörğon masalasi böyiça 134 xonadon körsatilgan. Lekin hozirda 300dan ortiq xonadon yordamga muhtojligi aytilmoqda. Endi tegişli taşkilotlar qanday çora köradi? Loqaydlik qilgan rahbarlar öz jazosini oladimi? Rostdan ham fuqarolardan mablağlar tortib olinadimi?
Video: Facebook
Bu örinda juda murakkab vaziyat yuzaga kelgan. Köpçilik kişi uysiz qolmoqda. Havo esa kundan-kunga sovib bormoqda.
Umid qilamizki, aybdorlar albatta öz jazosini oladi va muhtoj kişilarga ijtimoiy hamda moddiy yordam masalasi tez orada hal etiladi.
Prezident doim insonlar dard-u taşvişlari bilan yaşaş kerakligini ta'kidlab kelmoqda. Inson manfaati hammasidan ustun ekanini aytmoqda. Biroq joylarda hali ham yangi davr siyosatini töliq anglab yetmagan mansabdorlar uçrab turibdi. Öylaymizki, tegişli taşkilotlar tez orada ijobiy yeçim beradi. Agar sen özingdagi oğriqni sezsang – tiriksan, özgalardagi oğriqni his qilsang – insonsan. Muammo bilan şuğullanayotgan mas'ullardan masalaga töliq va xolis yondaşişni kutib qolamiz.
«Kun.uz» voqealar rivojini kuzatadi.
Jurnalist: Zafarbek Solijonov
Operator: Fazliddin Abduqodirov
Mavzuga oid: Surxondaryoda sel tufayli 754 kişi evakuatsiya qilindi
Mavzuga oid: Surxondaryoda yomğir qorga aylandi, daryoda qizil va sariq loyqa oqmoqda












