May oyining örtalaridan buyon Özbekiston böylab davom etayotgan yoğingarçilik va kuçli jalalar joylarda suv toşqinlari va sel oqimlarini keltirib çiqarmoqda. Bundan avvalroq Samarqand viloyati Nurobod tumani Jom qişloğida sel kelgani haqida xabar berilgan edi.
Şuningdek, Qaşqadaryo viloyati tumanlarida sel yetkazgan talofatlar 5 kişining hayotiga zomin bölgani haqida ham xabar berildi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida ham 543 xonadon qisman suv ostida qolgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 18 maydan 22 maygaça Andijon, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farğona va Toşkent viloyatlarining toğ va toğoldi hududlarida sel kelişi xavfi mavjudligi haqida xabar qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanida sodir bölgan sel oqibatida kelib çiqqan suv toşqini videosi tarqaldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanidagi «Elobod», «Azlarsoy» va «Bogor» mahalla fuqarolar yiğinlari hududida sel oqimi yuzaga kelgani tufayli 754 kişi evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan.
«Kun.uz» muxbirining xabar berişiça, şu kunlarda vaqti-vaqti bilan yoğayotgan kuçli yomğir Surxondaryo viloyatining Boysun, Oltinsoy, Denov va Qumqörğon tumanlarida ham kuçli sel oqimlarini keltirib çiqargan. Jumladan, sel oqimi tufayli Boysun – Termiz avtomobil yölining bir qismini yuvib ketgan va loyqaga töldirgan. Ayrim joylarda yöl yemirilib, yuk maşinalari ötişi uçun yaroqsiz holga kelgan va yöllarda uzun tirbandlik hosil bölgan.

















