18 may kuni Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanidagi “Elobod”, “Azlarsoy” va “Bogor” mahalla fuqarolar yiğinlari hududida sel oqimi yuzaga kelgan.
«Sel oqimi oqibatida mahallalardagi qator uylarga suv toşib kirdi, buning natijasida 116 uydan 754 nafar kişi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan», - deyiladi Özbekiston FVV xabarida.
Jarohat olgan şaxslar haqida ma'lumot mavjud emas.
Qumqörğon tuman hokimligida sel oqimi oqibatlarini bartaraf etiş böyiça Qumqörğon tuman hokimi boşçiligida tezkor ştab taşkil etildi.
Ştab tarkibiga FVB, IIB, tuman kommunal xizmatlari va boşqa tegişli tegişli idoralar vakillari kirdi. Barça kerakli kuçlar va vositalar safarbar etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq FVV yana sel xavfi haqida xabar berdi.
Bundan avval esa Qaşqadaryoda sel oqibatida 5 kişi halok bölgandi.

















