13:02 / 22.10.2018
11169

O‘zbekiston terma jamoasi shiori uchun ovoz berish jarayoni boshlandi

Foto: Tribuna.Uz

Kelasi yilning 5 yanvar – 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Bu musobaqa davomida har bir milliy terma jamoa uchun alohida avtobus ajratilib, unga shior yozib qo‘yiladi. Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy saytida O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz berish jarayoni boshlandi. 

Terma jamoa uchun 3ta shior varianti taqdim etilgan:

“KUCh BIRLIKDA” — "FORCE IN UNITY"

"BITTA OSIYo. BITTA JAMOA, BITTA ORZU” — "ONE ASIA.ONE TEAM. ONE DREAM.

“BIZ ShU YeRDAMIZ.O‘ZBeKISTON” — "HERE WE ARE.UZBEKISTAN"

Quyidagi havola orqali OFK rasmiy saytiga o‘tib, o‘zingizga yoqadigan shior uchun ovoz berishingiz mumkin:

Eng ko‘p ovoz to‘plagan shior Osiyo Kubogi davomida terma jamoa avtobusida aks etadi. Ovoz berish jarayoni shu yilning 1 noyabr kuniga qadar davom etadi. Qaysi shior eng ko‘p ovoz olgani 5 noyabr kuni e'lon qilinadi.

Top