Saytimizda «Xalqaro olimpiadalar ğolibi bölgan buxorolik öquvçi oilaviy qiyinçilik tufayli öqişini davom ettira olmayapti» sarlavhasi ostida ÖzA xabariga asoslangan holda, Qoraköl tumanidagi 52-maktabning 9-sinf öquvçisi Doniyor Ismoilov, oilaviy qiyinçilik tufayli vaqtini töliq ilm olişga sarflay olmayotgani, böş vaqtlarida va yozgi ta'tilda u non sexlarida işlab oilasiga yordam qilib kelayotgani haqida yozgan edik.
Doniyor Ismoilov matematika böyiça xalqaro olimpiadalarning köp karra qatnaşçisi. Xususan, Bolgariya, Hindistonda ötgan matematika böyiça eng nufuzli xalqaro tanlovlarning ğolibiga aylangan. 3 karra oltin, 2 bora kumuş medal sohibi bölgan.
Uşbu xabarga Buxoro viloyat hokimi Öktam Barnoyev tezkorlik bilan munosabat bildirib, özining «Feysbuk»dagi sahifasiga post joylaştirdi.
«Buxoro viloyati Qoraköl tumanidagi Qoraun qişloğida yaşovçi, matematika fani böyiça xalqaro olimpiadalar ğolibi Doniyor Ismoilov haqida ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinayotgan maqolalar şov-şuvga aylangani bor gap.
Ayniqsa, ÖzA tomonidan e'lon qilingan xabar Buxoro viloyati hokimligi hamda qator mutasaddi taşkilotlari rahbarlarining e'tiborini öziga jalb etmay qöymadi», deyiladi viloyat hokimining postida.

Postda xabar berilişiça, şu kunning özidayoq Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev Doniyor Ismoilov hamda uning onasi Lobar Rahimova bilan uçraşgan.
Joriy yilning 31 dekabriga qadar oilaga viloyat hokimligi tomonidan uy-joy qurib berilişi, viloyat Xalq ta'limi boşqarmasi tomonidan noutbuk, Özbekiston yoşlar ittifoqi viloyat Kengaşi tomonidan şaxsiy kutubxona yaratib berilişi belgilangan.
Boş prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Doniyor Ismoilov bilan boğliq masala nazoratga olingan. Ayni paytda bu iqtidorli yigit va uning oilasiga daxldor muammolar bilan şaxsan viloyat prokurori şuğullanmoqda. «Yoş iqtidorlarimizni heç kimga berib qöymaymiz», degan Boş prokuratura matbuot xizmati.











