Barnoyev Umidjon Isoyeviç Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Umidjon Barnoyev – 1970 yil 12 iyulda Romitan tumanida tuğilgan. Ma’lumoti - oliy. 1996 yilda Buxoro Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi (hozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya) institutini hamda 2000 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi – muhandis-mexanik, huquqşunos.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Buxoro viloyati Adliya boşqarmasida sud ijroçisi sifatida boşlagan. Faoliyati davomida Toşkent şahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti xodimi (2004−2013), «Özpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati yuridik boşqarmasi huquqşunos maslahatçisi (2018) sifatida işlagan.

2018−2020 yillarda esa «Safari Vogue» innovatsion turizm klasteri direktor örinbosari, 2020 yildan mazkur MÇJning boş direktori lavozimida işlagan.

  • Ma’lumot uçun, Umidjon Barnoyev 2016–2020 yillarda Buxoro viloyati hokimi lavozimida işlagan, 2020 yil 20 sentyabrida koronavirus oqibatida vafot etgan Öktam Barnoyevning ukasi hisoblanadi.
  • Avvalroq Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangani xabar berilgandi.