Jamiyat | 12:54 / 22.10.2018
28186
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro olimpiadalar g‘olibi bo‘lgan buxorolik o‘quvchi oilaviy qiyinchilik tufayli o‘qishini davom ettira olmayapti

Yosh matematik Doniyor Ismoilov Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidan. Ayni damda u bilan qator xorijiy kompaniyalar qiziqib qolgan.

Foto: O‘zA

O‘zA ma'lumotlariga ko‘ra, avvalroq boshqa bir kuchli matematik va fizik Qorako‘l tumanidan ko‘chib ketgan. U hozir boshqa mamlakat fuqarosi bo‘lib, dunyoda fizika-matematika bo‘yicha eng yetakchi olimlar bilan birgalikda noyob ixtirolarni amalga oshirmoqda.

Doniyor Ismoilov matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarning ko‘p karra qatnashchisi. Xususan, Bolgariya, Hindistonda o‘tgan matematika bo‘yicha eng nufuzli xalqaro tanlovlarning g‘olibiga aylangan. 3 karra oltin, 2 bora kumush medal sohibi bo‘lgan.

Foto: O‘zA

U 52-maktabning 9-sinf o‘quvchisi. Shu bilan birga, shunday iqtidor egasi bugun oilaviy qiyinchilik tufayli vaqtini to‘liq ilm olishga sarflay olmayapti. U bo‘sh vaqtlarida va yozgi ta'tilda non sexlarida ishlab oilasiga yordam qiladi.  

Doniyorni xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishga tavsiya etishsa, uning ota-onasi qarindosh-urug‘laridan qarz ko‘taradi. Ba'zida ishlashga majbur bo‘lgan Doniyor olimpiadalarda ishtirok eta olmaydi.  

Foto: O‘zA

Doniyorning onasi bir necha yillardan beri jigar sirrozidan aziyat chekadi, tibbiy muolaja va dori-darmonga mablag‘i yo‘q, otasi esa yollanma ishchi. Oila moddiy yordamga muhtoj.  

Yoshlar ittifoqidagilar esa hozircha jim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid