Prezident Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni oğir xastalik tufayli vafot etgan Özbekiston Respublikasi Boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari, Oliy Majlis Senati a'zosi Öktam Barnoyevning xonadoniga taşrif buyurdi. Qur'on tilovat qilindi.

«Öktam Barnoyev mehnat faoliyatini özi tuğilib ösgan Buxoro viloyatida boşlagan. Keyinçalik Qişloq va suv xöjaligi vazirligida, Vazirlar Mahkamasida mas'ul lavozimlarda işlagan. 2008-2010 yillarda Samarqand, 2016-2020 yillarda Buxoro viloyati hokimi bölgan. U joriy yildan Boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Öktam Barnoyevning deyarli butun faoliyati qişloq va suv xöjaligi bilan boğliq böldi. U uşbu sohadagi islohotlarini amalga oşirişda asosiy ijroçilardan biri edi. Bu yölda barça bilim, tajriba va kuçini safarbar qildi. Agrar tarmoqni diversifikatsiya qiliş, bozor mexanizmlari va kooperatsiya tizimini joriy etiş, yer va suv munosabatlarini takomillaştiriş, hosildorlikni oşirib, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirişga katta hissa qöşdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari bugun marhumning onasi, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi.

«Öktamjon olijanob, zabardast, fidoyi, vatanparvar, örnak olişga arzigulik inson edi. Boş vazir paytlarimda ham birga işladik. Gapirmasam ham meni tuşunardi. Bir insonning tarbiyalanib, şunday kadr bölib yetişişi oson emas. Ayniqsa, oxirgi paytlar oğir sohani berib, könglim tinçib, köp işlarni boşlagan edik. Bu ofat butun dunyoga keldi. Qölimizdan kelgan hamma narsani qildik. Lekin ölim haq. Allohning irodasi ekan. Bu hammamizga musibat. Joyi jannatda bölsin!», degan Şavkat Mirziyoyev.
Prezident marhumning oilasi, farzandlari doimiy e'tiborda bölişini ta'kidladi.
Öktam Barnoyevning oila a'zolari davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, xalqimizga osoyiştalik, sihat-salomatlik tilab duo qildilar.















