Markaziy Amerikaning Honduras davlatidan 7 mingdan ortiq mehnat muhojiri Meksika orqali AQSh chegaralari tomon harakatlanmoqda.

13 oktabr kuni Honduras shimolidagi San-Pedro-Sula shahrida tuzilgan karvonda dastlab 200 kishi bor edi. Keyingi kunlarda unga yana minglab ishsizlar va kambag‘allar, jinoyatchilik darajasi yuqori cho‘qqiga chiqqan mamlakatdan butunlay ketishni istovchi kishilar qo‘shilishdi. 

Bir hafta ichida migrantlar Gvametala hududini kesib o‘tishdi va Meksikada paydo bo‘lishdi. 23 oktabr kuni holatiga ko‘ra, manzilgacha - AQShning Meksika bilan chegaralarigacha 1,8 ming kilometrdan ortiq masofa qolgan.

Karvondagilarning bir qismi piyoda, bir qismi o‘z avtomobillarida harakatlanmoqda. 

AQSh prezidenti Donald Tramp janubiy chegaralarda nazoratni kuchaytirish uchun harbiylarni jo‘natishi bilan tahdid qildi. U shuningdek, bu karvon tufayli Honduras, Salvador va Gvatemalaga moliyaviy yordamni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qilgan.

Ueslei Marcelino / Reuters / Scanpix / LETA
Pedro Pardo / AFP / Scanpix / LETA
Foto: AP/TASS
Migrantlar Meksika va Gvatemala chegarasidagi Suchyate daryosidan kechib o‘tishmoqda
Orlando Sierra / AFP / Scanpix / LETA
22 oktabr. Meksika, Tapachula
Ueslei Marcelino / Reuters / Scanpix / LETA
Muhojirlar Meksikada. Ular bu yerda qolishmoqchi emas
Foto: Reuters