Ulug‘bek Baqoyev: «Buxoro» ikki yildan beri qarzlarni to‘lamoqda»
«Buxoro» klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev jamoaning moliyaviy tarafdan juda qiynalayotganini tan oldi.
«1994 yili «Nurafshon» kumush medallarni qo‘lga kiritgan edi. Haqiqiy tarix shu. 2016 yilda 4-o‘rin qo‘lga kiritilgani haqidagi gap-so‘zlar faqat kishining g‘ashini keltiradi xolos. O‘sha paytda klubning o‘yinchilar va xodimlardan qarzlari qolgan va hozirgacha maoshlaridan bo‘lgan qarzlar to‘la ado etilmagan. 2016 yilgi oylik maoshlar va boshqa qarzlar haligacha to‘lab borilyapti. Jamoa ikki yildan beri qarzlarni to‘lash bilan ovora bo‘layotgan paytda ishni qanday yo‘lga qo‘yish mumkin?! Bu ham «Buxoro»dagi muammolarning asosiy sabablaridan biridir.
O‘yinchilar shartnomada ko‘rsatilgan haqini vaqtida olishmas ekan, bu holat ularning ruhiyatiga aks ta'sir o‘tkazmasdan qo‘ymaydi. 4-o‘rin qo‘lga kiritilgan paytda jamoada bo‘lmaganman va o‘sha paytdagi moliyaviy muammolardan mutlaqo bexabarman. Tabiiyki, o‘sha ishlarga mening hech qanday aloqam yo‘q.
Klubda ish boshlaganimdan beri «Buxoro» ikki marta kuchli oltilikdan joy oldi. Bunda birinchi navbatda murabbiylar shtabi vakillarining xizmati katta. Bunday taqqoslashlar bilan o‘zimizni oqlamoqchi emasman. 2016 yil tarixga aylangan», - deb Baqoyev so‘zlarini keltirmoqda Sports.uz sayti.
Mavzuga oid
11:41 / 04.11.2019
«So‘g‘diyona» 3-o‘rinni olsa, futbolchilarga «Jyentra» beriladimi? Ulug‘bek Baqoyev javob berdi
18:34 / 07.12.2018
Ulug‘bek Baqoyev «Buxoro»ni tark etdi, o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlandi
21:20 / 20.06.2017
Qosimov boshchiligidagi «Bunyodkor» Baqoyevning «Buxoro»siga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
16:41 / 26.01.2017