AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Rossiyadagi dizel yonilğisi bilan boğliq obyektlarga zarba berişni töxtatişga çaqirdi.
«Janob Zelenskiy bir iş qilişi kerak. U Rossiyadagi dizel yonilğisiga zarba berişni töxtatişi lozim. U nişonlarga zarba berişi mumkin, ammo dizel yonilğisiga emas, çunki bu dizel taqçilligiga olib kelmoqda», - dedi Tramp.
Amerika prezidentining fikriça, yonilği taʼminotidagi muammolarga Yaqin Şarqdagi vaziyat emas, balki Rossiya-Ukraina nizosi sabab bölmoqda.
«Şuning uçun biz Zelenskiy bilan bu haqda gaplaşdik. Boşqa nişonlar juda köp. Dizel yonilğisiga zarba bermang, çunki bu zarar keltiradi, butun dunyoga zarar keltiradi. Biz dizel yonilğisiga zarba berilişini istamaymiz», - deya qöşimça qildi Tramp.

















