Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«So‘g‘diyona» 3-o‘rinni olsa, futbolchilarga «Jyentra» beriladimi? Ulug‘bek Baqoyev javob berdi
Superliga 23-turi doirasida Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi «Dinamo»ni mag‘lub etib, turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi.
Jizzax klubi mavsum yakuniga ko‘ra, bronza medallariga ega chiqsa, «So‘g‘diyona» futbolchilariga klub rahbariyati tomonidan «Jyentra» avtomashinalari sovg‘a qilinishi haqida xabarlar tarqalgandi. Kuni kecha «Tribuna.uz» sayti muxbiriga bergan intervyusida «So‘g‘diyona» bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoyev bu xabarlarga aniqlik kiritdi.
«To‘g‘risini aytganda, beshta tur oldin «So‘g‘diyona»ning joriy mavsum uchun maqsadi boshqa edi, bugunga kelib esa vazifalar o‘zgardi. Sababi chempionat yakunlanishiga uchta tur qolgan bir paytda biz 3-o‘ringa chiqib oldik. Endigi vazifamiz imkonqadar mavsumni bronza medallari bilan yakunlashdir. Biz so‘nggi har bir o‘yinda oxirigacha kurashamiz.
Bronza medallari uchun «Jyentra»? Yo‘q, bunday ma'lumot qayerdan paydo bo‘lganiga o‘zimiz ham hayronmiz. Rahbariyat bilan o‘rtamizda bu haqda gap bo‘lgani yo‘q. Aslida bu savolga men emas, rahbariyat javob bergani ma'qul. Sovrinli o‘rinlarni egallasak, har bir futbolchi shartnomada ko‘rsatilgan bonuslariga ega bo‘ladi, ammo avtomashina sovg‘a qilinishi haqidagi xabarlar shunchaki gap-so‘zlar xolos» - dedi «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev.
Mavzuga oid
15:05 / 12.08.2023
Farg‘onadagi o‘yinda dam solingan «muqaddas suv» mojarosi: Mitrovich nega jazavaga tushdi?
14:11 / 12.08.2023
Farg‘onada serbiyalik darvozabon yosh bolalarni so‘kdi, o‘yindan keyin hakamlarga «bakalajka» otildi
17:06 / 31.07.2023
Boshkovich sobiq klubini yengdi, rossiyalik murabbiyda omadsiz debyut – fotojamlanma
18:58 / 26.01.2023