Hafta davomida Tramp amerikaliklarga saylovda uning partiyasi yutsa, 5 ming dollardan vaʼda qildi. Ukrainada yangi korrupsion mojaro avj oldi. Olmoniyada saylovda sensatsiya sodir böldi. Quyida haftaning şu va boşqa muhim voqealarini yodga olamiz.
Har bir amerikalikka 5 ming dollar!
Tramp Dallasdagi partiya qurultoyida noyabrdagi oraliq saylovlarda respublikaçilar partiyasi Kongressdagi nazoratni saqlab qolsa, har bir amerikalik saylovçiga 5 ming dollardan berişini vaʼda qilib, buni dividend deb atadi: «Respublikaçilar Vakillar palatasi va Senat ustidan nazoratni saqlab qolsa, ajoyib iqtisodiy yutuqlarimiz evaziga har bir voyaga yetgan amerikalikka 5 ming dollardan dividend tölayman. Pullarni faqat AQŞda sarflaşingiz kerak, Kanada yoki Xitoyda emas».
Hozir Amerikada 240 milliondan ortiq voyaga yetgan inson yaşaydi va ularning har biriga 5 ming dollardan berilsa, bu davlat ğaznasiga 1,2 trillion dollarga tuşadi. Iqtisodçilar «Trampning saxiyligi Amerika byudjetiga qimmatga tuşişi, bu imkonsiz ekani» haqda gapira boşlaşdi. Lekin iqtisodçi bölmagan köz bilan qarasangiz ham, davlat fuqaroga pul tarqatişida heç qanday muammo yöq.
Amerikada odamlar pulni yostiği tagiga yaşirib qöymaydi. Hamma pulni mamlakat içida nimagadir sarflaydi, pul aylanib-örgilib yana davlat ğaznasiga borib tuşadi. Orada fuqaro xursand bölgani qoladi.
Trampning bu taklifi saylov respublikaçilar uçun qiyin ötişini bildiradi. Oraliq saylovlarda Kongress nazorati boşqa partiyaga ötişi yangilik emas. Yaqin tarixga nazar taşlasak, Trampning oldingi muddatida va Obama prezidentligi davrida Senat bölmasa ham Vakillar palatasi nazorati oraliq saylovlardan keyin raqobatçi partiyaga ötgan.
Ukrainada yana korrupsion mojaro
Ukrainada navbatdagi korrupsion mojaro avj oldi. Bu gal ham işni prezidentdan mustaqil faoliyat yurituvçi NABU aksilkorrupsiya byurosi oçdi. «Karfagen» nomli operatsiyada Ukraina boş prokuraturasi mulozimlari ukrainlarni aldab pulini olgan koll-markazlarga yordam bergani, ularning jinoiy faoliyatini yaşiriş uçun «puşti panoh bölgani» aniqlangan. Bu iş fonida Ukraina boş prokurori Ruslan Kravçenko isteʼfoga çiqdi.
Ukraina boş prokuraturasi mulozimlari pora evaziga uruş holatidagi ukrainlar pulini öğirlab, ularni qonuniylaştirgan jinoiy guruhlar faoliyatiga köz yumgan. Sud qarori bilan asosiy gumonlanuvçilar – boş prokuratura xalqaro hamkorlik bölimi rahbari Sergey Kropiva hamda uning xotini Yelizaveta Ivaxnenko qölga olingan. Kropiva jinoiy orttirilgan pul evaziga Ukraina boş prokurori uyini taʼmirlab bergan.







