24 oktabr kuni AQŞ Maxfiy xizmati Hillari Klinton va Barak Obama manziliga jönatilgan poçta jönatmalarida portlovçi moddalar topilganini e'lon qildi.
Obamaga jönatma uning Vaşingtondagi manziliga, Klinton xonimga atalgani esa Nyu-York yaqinidagi Çappakua şaharçasidagi uyiga jönatilgan. Duşanba kuni The New York Times naşri tomonidan biznesmen Jorj Sorosga atalgan bombali jönatma haqida xabar tarqatilgan edi.
Bundan taşqari, yana bir jönatma Nyu-Yorkdagi CNN tahririyati joylaşgan “Time Warner Center tomon ketayotgan jönatmalar içida aniqlangan. Keyinçalik ma'lum bölişiça, bu jönatma CNN’da ekspert sifatida çiqadigan MRBning sobiq direktori Jon Brennanga möljallanganligi aniqlangan. Tahririyat binosining bir qismi evakuatsiya qilingan, politsiya jönatma içida portlovçi qurilma va oq kukun borligini tasdiqlagan.
Şubhali jönatmalar Floridaga – demokrat-kongressmen Debbi Vasserman Şultsga, San-Diyegoga — senator Kamala Harris hamda San Diego Union-Tribune gazetasi tahririyatiga, boşqasi Merilendga — kongressmen Maksin Uotersga yetib borayotgan çoğda aniqlanib zararsizlantirilgan.
Nyu-York politsiyasining terrorizmga qarşi kuraş bölimi boşliği Jon Millerning sözlariga köra, barça jönatmalarni bir kişi jönatgan.
Bunday holatlar ilgari ham bölganmi?
Kiçik quvvatga ega portlovçi qurilma solingan jönatmalar turli davlatlar elçixonalariga hamda taniqli siyosatçilar, bankirlar, amaldorlar va boşqalarga ilgari ham jönatilgan.
Ilk bor qayd etilgan bunday hodisa 1712 yil 4 noyabrda sodir bölgan. Oksford grafi va Britaniya lord-xazinaboni Robert Xarliga jönatilgan banderol içidan tepkisiga ip boğlangan bir neçta öqlangan töpponça topilgan. Banderol oçilgan çoğda töpponçalar otilişi közda tutilgan. Jinoyatçilarning rejasi öşa kuni tasodifan grafnikida mehmon bölgan yozuvçi Jonatan Sviftning ziyrakligi tufayli amalga oşmay qolgan. U ipni qirqib, qurilmani zararsizlantirgan.
1947 yilda Oq uyga, prezident Garri Trumenga bomba solingan bir neçta posilka jönatilgan. Ular Oq uy poçta xizmati tomonidan töxtatib qolingan.
1962 yil 22 iyulda Misr örta masofaga möljallangan ikki raketani sinovdan ötkazadi va mamlakat prezidenti Jamol Abdul Nosir “Endi biz Bayrutdan janubda joylaşgan har qanday nişonga ura olamiz” deya bayonot beradi. Bunga javoban Isroil mazkur raketa loyihasi rahbarlarini yöq qilişga qaror qiladi. Ana şundaylardan biri nemis muhandisi Volfgang Pilts edi. Noyabrda Qohiradagi ofisda uning nomiga kelgan posilkani oçayotganida uning kotibasi oğir jarohatlanadi. Bir neça kundan keyin nemis mutaxassislari işi uçun mas'ul bölgan Kamol Azzozga kelgan posilkani oçayotganida beş nafar misrlik muhandis halok böladi.
1996 yilda xonanda Borkka uning muxlisi Rikardo Lopes portlovçi modda va oltingugurt kislotasi solingan posilka jönatadi. Bomba xonandagaça yetib bormaydi, uni London politsiyasi töxtatib qoladi, buni bilgan Lopes esa öz joniga qasd qiladi.
1981 yil 5 mayda Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta I ning katta öğli şahzoda Çarlzga qilingan suiqasdning oldi olinadi. Poçta saralaş bölinmasida unga jönatilgan konvert içida portlovçi qurilma borligi aniqlanadi va u zararsizlantiriladi.
2010 yilda Gretsiya hukumati xalqaro poçta jönatiş va qabul qilişni vaqtinça çeklaşga majbur bölgan. Bunga Gretsiyadan Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi, GFR kansleri Angela Merkel va Italiya boş vaziri Silvio Berluskoniga bombali posilkalari jönatilgani sabab bölgan. Bomba solingan xavfli posilkalar, şuningdek, Meksika, Niderlaniya, Belgiya, Bolgariya va Rossiya elçixonalariga ham jönatilgan.
2011 yil aprelda poçta xodimlari “Seltik” futbol klubi boş murabbiyi Nil Lennon va klub muxlislari nomiga jönatilgan portlovçi qurilma solingan posilkalarni aniqlaşadi. Bu posilkalarni jönatgan Trevor Myurxed va Nil Makkenzi beş yilga ozodlikdan mahrum etiladi.
2011 yil dekabrda Mayndagi Frankfurt şahrida joylaşgan poçta bölimi xodimlari Deutsche Bank rahbari Yozef Akkermanga jönatilgan posilkada portlovçi qurilma borligini sezib qolişgan.
2013 yil 19 aprelda politsiya Germaniya prezidenti ma'muriyatiga jönatilgan portlovçi qurilma joylaştirilgan maktubni yöq qilgan. Maktub içida portlaş jarayonini hosil qiluvçi GMTD kristallari bölgan.
2013 yil aprelda AQŞ prezidenti Barak Obama va senator Rojyer Uikkerga insonni halok qiluvçi ritsin zahari solingan maktublar jönatilgan.
201 7yil mayda Gretsiyaning sobiq boş vaziri Lukas Papadimos maşinasida bölgan banderol portlaşi oqibatida yaralangan. Şuningdek, uning haydovçisi va ikki qöriqçisi ham jarohatlangan.
Dilşodbek Asqarov tayyorladi.












