Qozoğiston çempionatining 31-turidan örin olgan bir öyin yakunlandi.

Almatining «Qayrat» klubi öz maydonida Pavlodarning «Irtiş» klubi bilan bellaşib, kutilmaganda 0:1 hisobida yutqazdi.

Bu esa musobaqa jadvalida peşqadamlik qilayotgan «Astana» klubiga qöl keldi. Poytaxtliklar musobaqa yakunlanişiga 3 tur qolganida 71 oçko jamğarib, «Qayrat»dan 10 oçko özib ketib, muddatidan oldin çempionlikni qölga kiritişdi. Öz navbatida «Qayrat» kumuş medallarga ega böldi. Bronza medallari 47 oçko töplagan «Tobol» klubiga nasib qildi.

Bu «Astana» klubining qatorasiga beşinçi çempionlik unvoni böldi. Bundan oldin jamoa 2014, 2015, 2016 va 2017 yillarda oltin medallarga ega bölgan edi.