Markaziy bank Boşqaruvining qarori bilan Özbekiston Respublikasi banklarida oçiladigan bank hisobvaraqlari töğrisidagi yöriqnomaga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Birinçidan, banklar tomonidan bank hisobvarağini oçiş va unga xizmat körsatiş çoğida tadbirkorlik sub'yektlaridan hujjatlarga muhr qöyiş yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlaşni talab etiş taqiqlandi.
 
Tadbirkorlik sub'yektida muhr mavjud bölgan taqdirda ham uşbu taqiq qöllaniladi. Tadbirkorlik sub'yektlari turlari (yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kiçik korxonalar, yirik biznes) böyiça ham farqlanmaydi.
 
Endi hujjatlar aylanmasida faqat imzolar namunalari qöyilgan varaqçalardan (ilgari – imzolar namunalari va muhr izi qöyilgan varaqçalar) foydalaniladi. Tadbirkorlik sub'yektlari va ular sirasiga kirmaydigan xöjalik yurituvçi sub'yektlar uçun varaqçalarning yangi namunalari tasdiqlandi.
 
Ikkinçidan, ta'sisçilari Özbekiston rezidenti – jismoniy şaxslardan iborat bölgan yuridik şaxslar davlat röyxatidan ötiş jarayonida milliy va çet el valyutasidagi bank hisobvarağini masofadan turib oçişlari mumkin.
 
Bank hisobvarağini oçişda bank hisobvaraği şartnomasi ofertasini aktseptlaş (ya'ni bank taklif etayotgan şartlarga sözsiz rozilik beriş) yöli bilan tuziladi.
 
Şu bilan birga yuridik şaxslar faqat imzolar namunalari qöyilgan varaqça (2 nusxada), şuningdek birinçi va ikkinçi imzo egalarining şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etgandan keyingina tölovlarni amalga oşirişlari mumkin. Bank xodimlari şaxsiy hujjatlardan nusxa olib, aslini qaytarib beradilar.
 
Hujjat 25.10.2018 yildan kuçga kirdi.