Cisco kompaniyasining kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislari Android uçun yangi öğri virusni topdilar. Bu haqda ular taşkilotning blogida xabar berişdi.
Mutaxassislar xavfli dasturni GPlayed deb nomlaşdi. Uning dizaynida jinoyatçilar rasmiy Google Play ilovasidan foydalanganlar. Gadjyet ekranida yuklab oliş amalga oşirilganidan keyin Google Play Marketplace yozuvli belgi paydo bölgan.
Ma'mur huquqlariga ega bölgan dastur kiberjinoyatçilarga qurilmani masofadan boşqarişga imkon bergan. Ular gadjyetni tösib qöyişlari yoki undan qönğiroq qiliş yoxud xabarlar yuboriş uçun foydalanişi mumkin edi. Qurilmaning xotirasida saqlangan ma'lumotlarga qöşimça ravişda, dastur tölov ma'lumotlarini ham öğirlaşi mumkin.
Mutaxassislar xabariga köra, hozirda jinoyatçilar yangi işlanmalarini faol ravişda sinab körişmoqda va kelajakda u Android-qurilmalar uçun jiddiy xavfga aylanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq mutaxassislar eng himoyalangan smartfonni ma'lum qilişgandi.

















