Jahon | 09:12 / 03.11.2018
4614
1 daqiqa o‘qiladi

FQB milliarder Steyyerga yuborilgan yana bir shubhali posilkani aniqladi

Tom Steyyer/Foto: AP

FQB amerikalik milliarder Tom Steyyer nomiga yuborilgan yana bir shubhali posilkani aniqladi. Bu haqda tashkilotning tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.

Ta'kidlanishicha, posilka 1 noyabr kuni kechqurun tutib olingan. Shu bilan birga, u Steyyerga yuborilayotgan navbatdagi shubhali buyumga aylandi.

«FQB kecha kechqurun Kaliforniyada tashqi ko‘rinishi boshqa shubhali narsalarga o‘xshash bo‘lgan posilka tutib olinganini tasdiqlaydi», - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda pochta orqali bomba jo‘natishda gumonlanayotgan shaxsning rejalari aniqlangandi.

NBC News xabariga ko‘ra, bir necha siyosatchilarning manzillariga bomba yuborishda gumon qilinayotgan Tsezar Sayok 100 kishidan iborat qurbonlar ro‘yxatiga ega bo‘lgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid