Kobul şahrida Özbekiston delegatsiyasi hamda Afğonistonning Bomiyon viloyati hokimi Al-Hoj Qori Gul Haydar örtasida uçraşuv ötkazildi.

Uçraşuvda Bomiyon viloyatining iqtisodiy va agrar salohiyati, qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan istiqbolli loyihalar hamda özaro savdo aloqalarini kengaytiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xususan, Bomiyon viloyati toğli iqlimi tufayli Afğonistonning "kartoşka poytaxti" sifatida e’tirof etilgani qayd etildi. Hozirda hududda tajriba tariqasida 17 gektar maydonga yuqori hosilli Fontane navidan 44 tonna uruğlik kartoşka ekilgan bölib, yuqori hosil kutilmoqda.

Loyiha kartoşka hosildorligini oşiriş, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş va Özbekiston hamda Afğoniston örtasidagi agrar kooperatsiyani yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Tomonlar istiqbolda Bomiyon viloyatidan Özbekistonga yiliga 300 ming tonnagaça yuqori sifatli kartoşka eksport qiliş imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.

Uçraşuv yakunida tadbirkorlar örtasida töğridan-töğri hamkorlikni faollaştiriş, özaro savdo hajmini oşiriş va qişloq xöjaligi sohasida yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.