Amerikalik maşhur boksçi Floyd Meyuezer 31 dekabrda Rizin taşkiloti doirasida aralaş yakkakuraş (MMA) qoidalari böyiça ilk jangini ötkazadi.
41 yoşli boksçining raqibi yaponiyalik kikboksçi Tensin Natsukava böladi.
Yengilmas Meyuezer boksda 50 ta jangda 50 ta ğalabaga erişgan. U 5 ta vazn toifasida jahon çempioni bölgan. Boksçi 2017 yil 26 avgustda ötkazgan oxirgi jangida irlandiyalik yakkakuraş jangçisi Konor Makgregorni texnik nokaut bilan mağlub etgan.
Oxirgi vaqtda Meyuezerning UFC çempioni Xabib Nurmagomedov bilan jang ötkazişi mumkinligi haqida köplab gaplar tarqadi. Amerikalikning aytişiça, u Xabib bilan faqatgina boks qoidalari böyiça jang ötkazişga tayyor. Bunga UFC prezidenti Dana Uayt Xabibda UFC bilan bajarişi kerak bölgan şartnoma borligini va Meyuezer bilan jang ötkazilsa, faqat aralaş yakkakuraş qoidalari böyiça ötişini aytgan.












