Toşkentning «Lokomotiv» klubi Superliga doirasida «Bunyodkor» bilan bellaşib, 2:2 hisobida durang öynadi.

Natijada, çempionat yakunlanişiga 3 tur qolganida «temiryölçilar» Osiyo Çempionlar Ligasi yöllanmasini qölga kiritişdi. Ayni paytda «Lokomotiv» hisobida 37 oçko bor va jamoa keyingi öyinlar qanday hisob bilan yakunlanişidan qat'i nazar, 2-örindan pastga tuşib ketmaydi. 

2019 yili Özbekiston uçun OÇL yöllanmalari «1+2» körinişida böladi. Agar «Lokomotiv» çempionlikni qölga kiritsa, Çempionlar ligasini guruh bosqiçidan boşlaydi, aks holda  saralaş bosqiçida iştirok etişiga töğri keladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Olmaliqning OKMK klubi Özbekiston Kubogini qölga kiritib, OÇL yöllanmasiga ega bölgan edi. Yana bir yöllanma uçun «Paxtakor», «Navbahor» va «Bunyodkor» klublari kuraşmoqda.