Biror bir tahririyat tomonidan yoki jurnalistning şaxsiy taşabbusi bilan joylardagi muammolarni örganiş, uning ustida boş qotiriş, murojaatçi (lar)ni tinglaş, mutasaddi vakillar bilan muammo yuzasidan suhbatlaşiş, voqealar rivojini tahlil qiliş va yakunda xolis nuqtai nazardan uşbu masalani yoritiş juda maşaqqatli işdir. Aytiş lozimki, buning uçun asablar metindan bölişi, toğdek sabr kerak böladi.

2018 yil oktabr
KUN.UZ tahririyati tomonidan ham murojaatlar asosida turli viloyatlarda mavjud muammolar, odamlarni qiynab kelayotgan taşvişlar örganilib, ularning aksari ijobiy yeçim topmoqda. Bu quvonarli hol, albatta. Biroq ayrim holatlarda tuman mutasaddilarining muammoli holatlarga bölgan munosabatlari loqaydlarça ekanligi kişini taşvişga soladi. Ayrim tuman mutasaddilarini topiş, ularning izohlarini oliş juda amrimahol. Hatto tanqidiy maqola qayta-qayta e'lon qilinsa-da, parvolariga bir kirib çiqmaydi. Buni Sirdaryo viloyati, Guliston tumanida joylaşgan “Zarbdor” mahallasidagi muammo böyiça tuman hokimiyati mutasaddilarining munosabati ham yaqqol isbotlab turibdi.



Gap şundaki, joriy yilning 20 fevral kuni saytimizda “Gulistondagi mahalla guldek oçiladimi yoki loyga botib yotaveradimi?”, oradan roppa-rosa olti oy ötib (!) “Guliston tumanidagi namunali uylarning namunasiz köçalari. Mutasaddilar bunga nima deydi?” sarlavhasi ostida turkum maqolalar e'lon qilingan edi. Ularda mazkur tumanda joylaşgan “Zarbdor” mahallasi köçalari juda ta'mirtalab holga kelganligi, portaldan tortib tuman hokimiyatigaça qilingan murojaatlar javobsiz qolayotganligi, yoğingarçilik mavsumida bu köçalarda yurişning mutlaqo iloji yöqligi tilga olingan.



Maqola e'lon qilinganiga qadar va şu maqola e'lon qilingaç, biror özgariş bölar, tebranmas rahbarlar mahallamizga taşrif buyurar, muammoni öz közlari bilan körar, hal etişar degan odamlar ham, maqolani e'lon qilib, xalqning muşkuli oson bölişiga ozgina hissamizni qöşaylik degan jurnalistlar ham çuçvarani xom sanaşgan ekan. Çunki oradan şunça vaqt ötib, mahalladagi köçalarning rasvosi battar çiqqan bölsa çiqqanki, aslo yaxşilanmagan. Çunki öşa yerlik aholining KUN.UZ tahririyatiga qilgan navbatdagi murojaati ana şu haqiqatni oçib berdi.

2018 yil oktabr

2018 yil oktabr

2018 yil oktabr
“Biz yetti yil kutdik. Yetti yil biror bir insofli rahbar bu köçalarni obod etarmikan deb umid qildik. Maqolalar e'lon qilingaç esa umidimiz yana alangalandi. Ammo... tuman mutasaddilari muammoni hal etişmadi, e'tibor qaratişmadi, tuşuntiriş berişmadi va barçasi ilgarigidek qoldi”, deydi mahalla odamlari.

2018 yil oktabr

2018 yil oktabr

2018 yil noyabr

2018 yil noyabr
Joriy yilning 18 oktabr kuni Xalq deputatlari Guliston tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazilgan edi. Sessiyada taşkiliy masala körib çiqilgan, viloyat hokimining qaroriga asosan Guliston tuman hokimi Abdumavlon Ibodullayev lavozimidan ozod etilib, Şavkat Ğofurov Guliston tuman hokimi lavozimiga tayinlangan edi. Öylaymizki, tumanning yangi rahbari mazkur masalaga atrofliça va jiddiy e'tibor qaratadi. Qişda loygarçilikdan, saratonda çangdan yurib bölmaydigan “Zarbdor”ning köçalari obod böladi.
Sarvar Anvar öğli,
KUN.UZ muxbiri











