Guliston tumanida bankomatdan pul öğirlamoqçi bölgan şaxs uşlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, voqea 12-sentabr kuni soat 3:16 larda Guliston tumanidagi Oltin vodiy mahallasida sodir bölgan. Hududdagi bankomatdan qöriqlaş xizmati monitoring markaziga taşviş signali kelib tuşgan.

Tekşiruv davomida yuzini yaşirgan holda bolta va boşqa aşyolar bilan bankomatning taşqi qismini buzişga urinayotgan şaxs aniqlangan. Qöriqlaş xizmati xodimlarini körib, voqea joyidan qoçişga uringan gumonlanuvçi tezkor guruh tomonidan qölga olingan.

Suriştiruv jarayonida uşlangan şaxs Guliston tumanida yaşovçi, 2008-yilda tuğilgan D.S. ekani maʼlum bölgan. U belgilangan tartibda tuman IIBga olib borilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov-suriştiruv işlari ötkazilmoqda.