Aqtöbedagi fojia yuzasidan sentabr oyi boşida boşlangan sud jarayoni nihoyasiga yetdi. Aqtöbe oblasti Jinoiy işlar böyiça tumanlararo ixtisoslaştirilgan sudida avtobus haydovçilari va boşqa sudlanuvçilarga hukm öqildi. Sudda jami 5 nafar ayblanuvçiga jazo tayinlandi. Avtobus haydovçilari Tanatov, Qirğizboyev va Pernebekovga 5 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinladi. Ular keyingi 7 yil mobaynida yölovçi taşiş xizmati sohasida işlay olişmaydi.

Youtube'da köriş

Mover'da köriş

Bundan taşqari, sudlanuvçilar halok bölgan 52 özbekistonlik uçun ularning oila a'zolariga 2 million tengedan tovon puli tölaşi belgilandi. Aqtöbeda yonib ketgan avtobusda öz öğillari va nabiralarini yöqotgan Özbekiston fuqarolari har bir halok bölgan qarindoşi uçun 150 million tengedan talab qilgandi Sudlanuvçilarga nisbatan bunday da'volar 16 nafar da'vogar tomonidan berilgan. Şuningdek, ayrim da'vogarlar sudlanuvçilar uçun eng oğir jazoni talab qilişgandi.

Foto: Vnews.kz

Şu yilning 18 yanvar kunida Qozoğistonning Aqtöbe oblasti hududida, Samara-Çimkent trassasining 1068-kilometrida içida haydovçilar bilan birga jami 57 kişi bölgan yölovçi avtobusi yonib ketgandi. Bu fojia oqibatida Özbekistonning Qozoğiston orqali Rossiyaga ketayotgan 52 nafar fuqarosi halok böldi. Fojiadan 5 kişi omon qolgan, ularning 3 nafari qozoğistonlik haydovçilar va 2 nafari Özbekiston fuqarolari edi. Avtobusning yonib ketişiga rasmiy sabab - texnik nosozlik va xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslik etib körsatildi.