30-31 oktabr kunlari Toşkentda Özbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston, Qirğiziston hamda Tojikiston respublikasi yölovçi taşuvçi temir yöl ma'muriyati vakillarining yiğilişi bölib ötdi. Unda yölovçi taşiş borasidagi qöşimça qulayliklar va imtiyozlar böyiça bir qator kelişuvlarga erişildi.

Xususan, xalqaro yönalişlarda qatnaydigan yölovçi poyezdlariga çiptalarning oldindan xarid qiliş muddatiga qarab belgilangan çegirmalarga özgartirişlar kiritildi. Unga köra, şu vaqtga qadar yölovçi sv va kupe vagonlar uçun çiptani poyezdning jönaş kunidan 45-31 kun oldin xarid qilişida belgilangan 45 foizlik çegirma 45-41 kun oldin 55 foizga kötarildi. 40-31 kun oraliğida xarid qilingan yöl çiptalar uçun 45 foiz va 30-6 kun oraliğida xarid kilingan çiptalar uçun 35 foiz imtiyoz belgilandi.

Şuningdek, endilikda yölovçilar platskart vagonlari uçun çiptani 45-41 kun oldin xarid qilsa 45 foiz, 40-31 kun oraliğida 35 foiz, 30-6 kun muddatda esa 25 foiz çegirmaga ega böladilar. Tadbir davomida iştirokçilar vagonlarda servis xizmatini yanada oşiriş borasida fikr yuritişdi. Hamkorlikda yangi yönalişlarni joriy etiş, uning texnik va texnologik jihatlari ham majlis iştirokçilarining asosiy e'tiborida böldi.

Ma'lumki, «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rossiya, Qozoğiston hamda Qirğiziston davlatlariga qatnovlar amalga oşirib kelinmoqda. Bu borada yangi imkoniyatlarni işga soliş davr taqozosidir. Şu bois anjuman iştirokçilari uşbu masalaga alohida töxtalib ötişdi. Şu bilan birga temir yöl orqali sayyohlikni yanada rivojlantiriş haqida söz yuritildi.

Muzokaralar yakunida yiğiliş bayonnomasi imzolandi.