Bugun, 18 yanvar kuni Qozoğistonning Aqtöbe oblasti Irğiz rayoni hududida “Ikarus” rusumli yölovçi avtobusi yonib ketdi va yölovçilarning 52 nafari halok böldi, 5 kişi omon qoldi. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga köra, fojia oqibatida halok bölganlar orasida Özbekiston fuqarolari ham bor.
Kun.uz manbasi ma'lumot berişiça, Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev topşiriği bilan boş vazir rahbarligida maxsus hukumat komissiyasi tuzilgan. Uning tarkibidan Taşqi işlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa muassasalar vakillari örin olişgan.
Maxsus komissiyaga Qozoğiston vakillari bilan hamkorlikda Aqtöbedagi hodisa sabablarini örganiş hamda halok bölganlarning fuqaroligini aniqlaş işlari vazifa qilingan.









