Toşkentda issiqlik va issiq suv ta’minoti uçun tariflar yana oşirilişi rejalaştirilyapti. Bu haqda xalq deputatlari şahar kengaşining 12 avgust kuni bölib ötgan yiğilişida Veolia Energy Tashkent boş direktori Sevara Pardayevaga tayanib, Gazeta.uz xabar berdi.

Uning sözlariga köra, poytaxt aholisi bazaviy tarifning atigi 18 foizini tölaydi, qolgani esa şahar budjetidan subsidiyalar şaklida qoplanadi. Hukumat 2030 yilgaça issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uçun subsidiyalarni bosqiçma-bosqiç bekor qilişni rejalaştiryapti.

Veolia Energy Tashkent kelgusi beş yil içida tariflarni 100 foiz iste’molçilar tölaşiga erişişni maqsad qilgan.

«2019 yilda (Veolia bilan) davlat-xususiy şeriklik dasturi tuzilganda, har yili narxlarni kamida 30 foizga oşiriş nazarda tutilgan. Lekin amalda 2022 yildan e’tiboran boşlaganmiz. Va şunda birinçi marta 2024 yilda 30 foizga oşirişga erişişimiz kerak edi. Oldingi yili ikki marta 15 foizdan aholiga tarif oşirilgan», dedi kompaniya rahbari.

2025 yil 1 oktyabrdan aholi uçun issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflarini 15 foizga oşiriş taklif qilinmoqda. Ayni paytda köp qavatli turar joylarda yaşovçi aholi uçun çakana savdo tarifi 121 617 söm/Gkalni (QQSsiz) taşkil qiladi. Takliflar ma’qullansa, narx 139 ming sömgaça oşadi.

«Şu bilan birga, 10 foiz bölsa ham, davlat va boşqa yuridik korxona-iste’molçilarimiz bor. Biz analiz ötkazdik: Toşkentdagi tadbirkorlar butun respublikadagi tadbirkorlardan eng past tarifni tölayotganini aniqladik», — deydi Veolia Energy Tashkent rahbari.

Pardayevaning tuşuntirişiça, Toşkent şahrida tariflar tabaqalaştirilgan.

«Yuridik korxonalar tölamagan uluşni budjet korxonalari tölab beryapti. Bu ham yana davlatning yelkasiga tuşayotgan yuk. Lekin şuni aytib ötiş kerakki, bizda davlat korxonalaridagi tarif bilan yuridik şaxslar tarifi örtasidagi tafovut judayam kattalaşib ketgan. Butun respublikada bir xil deb hisoblanadi. Misol uçun, respublikaning boşqa hududlarida 500 000 söm bölsa, davlat korxonasi ham 500 000 sömdan tölaydi, sartaroşxona ham 500 000 sömdan tölaydi. Lekin bizda hozir tafovut judayam katta. Joriy tarifimiz böyiça, davlat korxonalari bir gigakaloriya uçun 801 000 söm tölaydi, yuridik şaxslar esa 241 000 söm», — deya ta’kidlagan u.

Pardayevaning sözlariga köra, davlat korxonalari orasida tijorat tuzilmalari ham mavjud. «Ular, misol uçun, narxni oşiradigan bölsa, davlat hozirgidek tölab bermaydi. Bu degani, ular ham öz narxini oşiradi va baribir bu yuk iste’molçiga boradi», — deya qöşimça qildi u.