Aqtöbeda yonib ketgan avtobusda öz öğillari va nabiralarini yöqotgan Özbekiston fuqarolari har bir halok bölgani qarindoşi uçun 150 million tenge talab qilmoqda. Sudlanuvçilarga nisbatan bunday da'volar 16 nafar jabrlanuvçi tomonidan berildi, deb xabar qilmoqda Kazakhstan Today.
Umumiy miqdorda bu juda katta pulni taşkil etdi - 2 milliard 400 million tenge. Özbekiston tomonining bildirişiça, barça olti gumondor 52 nafar yölovçining ölimida aybdor - bu uç nafar omon qolgan haydovçi, avtopark direktori va mexanigi, şuningdek, maş'um avtobusning qoçib ketgan egasi.
Bundan taşqari, jabrlanganlar iş böyiça sudlanuvçilar uçun eng oğir jazoni talab qilişmoqda. Advokatlarning sözlariga köra, yaqin kunlarda yana 22 nafar kişi sudlanuvçilarga öz da'volari bilan çiqadilar. Biroq, ular moddiy qiyinçiliklar tufayli sud jarayonida iştirok etişdan boş tortişdi.
Sud majlisida Özbekiston fuqarolari onlayn rejimda iştirok etmoqda. Javob beruvçilar aybsiz ekanliklarini ta'kidlaşda davom etişmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jinoiy işlar böyiça tumanlararo ixtisoslaştirilgan sudda Aqtöbe oblastidagi yölda fojiali halok bölgan 52 nafar Özbekiston fuqarosi böyiça iş yuzasidan jarayon boşlangandi.
Özbekistonliklarning yaqinlari sudlanuvçilar uçun eng oğir jazoni talab qilişmoqda. Naşr ma'lumotlariga köra, halok bölgan özbekistonliklarning ota-onalaridan ikki nafari qayğuga bardoş bera olmay vafot etgan.

















