Aqto‘be oqibatlari bo‘yicha hukumat qarori: chiptalar narxi arzonlashtiriladi
Yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori imzolandi.
Qaror shu yilning 18 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan fojiali voqea oqibatida qabul qilindi.
Qarorda Aqto‘be fojiasi isitish moslamasi bo‘lmagan avtobusning texnik nosozligi, unda tez yonuvchi moddalar bo‘lgani, yong‘inga qarshi uskunalarning foydalanishga yaroqsizligi, salon yuklar bilan to‘ldirilgani, xavfsizlikning oddiy qoidalariga rioya etish bo‘yicha profilaktik choralar yo‘qligi sabab bo‘lgani keltirilgan.
Vazirlar Mahkamasi qarori yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, bundan buyon bu kabi fojialar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, baxtsiz hodisalar va yo‘l-transport halokatlari yuzaga kelishini bartaraf etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar xavfsizligini ta'minlash yuzasidan kompleks shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra respublikadan tashqariga yo‘lovchi tashuvchi transportda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha maxsus komissiya tuzilishi belgilangan. Bu komissiya aholi o‘rtasida yo‘lovchi avtomobil transportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlari haqida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, respublikadan tashqariga tovarlarning noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi zarur choralar ko‘rish bilan shug‘ullanadi, shuningdek, zarur bo‘lganida davlat-xususiy sheriklik sharoitida xalqaro avtobus qatnovlarini tashkil etish, yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash choralarini ko‘rish, xorijga chiqadigan fuqarolarning xavfsiz harakatlanishini ta'minlash, xorijda bo‘lish va mehnat faoliyatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Qaror asosida chegaradosh davlatlar bilan xalqaro yo‘llarda muntazam avtobus qatnovlari tashkil etiladi.
Chegaradosh davlatlarning tegishli vazirlik va idoralari bilan O‘zbekiston fuqarolarini noqonuniy tashish, ular ishtirokida baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida borgan mamlakatda avtotransport vositalarida xavfsizlik standartlari va talablarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik ta'minlanadi.
Borgan mamlakatidagi ro‘y bergan hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarga xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan shoshilinch yordam ko‘rsatish mexanizmi ishlab chiqiladi.
Aviatsiya va temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish uchun chiptalar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining buyurtmanomalari bo‘yicha imtiyozli tariflar bo‘yicha rasmiylashtirish nazarda tutilgan Idoralararo bitim tasdiqlanadi.
Bir oy muddatda charter qatnovlarni amalga oshirish, harakatdagi temir yo‘l tarkibi soni shu jumladan platskart vagonlar ulushini ko‘paytirish, byudjyeti past bo‘lgan xorijiy avia va temir yo‘l kompaniyalari, shu jumladan «Rossiya temir yo‘llari» bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
2018 yilning 1 fevralidan boshlab, yo‘lovchilar bilan Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan avtobuslar va mikroavtobuslar yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Burger King yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi
O‘zbekiston | 13:00
-
Oq uy kovid inson tomonidan yaratilganiga ishonyapti
Jahon | 12:58
-
Inson huquqlari bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiya tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 12:12
-
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi
O‘zbekiston | 12:03
Mavzuga oid

09:40 / 18.01.2025
O‘zbekiston va Aqto‘be viloyati o‘rtasida muntazam reyslar tashkil etiladi

11:59 / 13.03.2023
Qozog‘istonda buzilgan avtobusdan 63 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

20:30 / 09.04.2021
Sergeyev supergol yo‘llagan o‘yinda 8ta gol kiritilib, «Aqto‘be» kambek ko‘rsatdi

13:10 / 19.01.2021