Tadbirkor Geri Vaynerchuk kunni maksimal darajada unumli o‘tkazishda yordam beradigan taym-menejmentning olti texnikasi haqida so‘zlab berdi.

Vaqtni boshqarish uchun ko‘pchilik odamlar texnikalardan foydalanishmaydi. O‘z biznesini yaratish, shaxsiy brendni rivojlantirish va blog yuritish uchun vaqt yetishmovchiligidan ko‘pchilik noliydi. Aslida, vaqtingiz siz o‘ylaganingizdan ko‘proq. Bir sutkada 24 soat vaqtingiz bor.

Foto: Unsplash

Aytaylik, siz 9:00 dan 17:00 gacha ishlaysiz. Kuniga sakkiz soat. Ishga borish va uyga qaytish uchun ikki soat vaqt sarflaysiz. Oilangiz davrasida ham bir muddat bo‘lishni istaysizmi? Marhamat! Buning uchun ishdan qaytgach ikki soat vaqt ajratishingiz mumkin. Yetti soat uxlashingiz kerakmi? Yaxshi. Sizda yana besh soat vaqt qoladi.

Bu vaqtni nimaga sarflash lozim?

Seriallar tomosha qilish yoki hordiq uchun sarflasangiz kerak?

Yanada ko‘proq vazifalarga ulgurishda yordam beradigan olti texnika:

Doimiy ravishda «audit rejimida» bo‘lasiz!

Buning uchun, dastlab, muhim vazifalarni bajarib, ularga eng ko‘p vaqt ajratish lozim. Men, ko‘pincha, hozirgi zamonga moslashaman. Kecha muhim sanalgan vazifa bugun ahamiyati kamroq bo‘lishi mumkin. Men har kuni biror vazifa bilan shug‘ullanaman, buni bajarish vaqtida bir joyda qotib qolmaganimni bilaman. Ishlar va ustuvorliklarning katta ro‘yxati menga xalaqit qilmaydi.

Biznesdagi noma'lum muammolardan qo‘rqmang!

Men bilmaydigan narsalar meni qo‘rqitmaydi. Bu muhim. Ko‘pchilik katta qiyinchiliklarga duch kelganda dovdirab qolishadi, chunki ular dunyodagi barcha narsalar haqida ideal bilimga ega emas. Ular har bir muammo uchun aniq rejaga ega bo‘lishim lozim, deb hisoblaydilar.

Foto: Unsplash

Agar bir muammo ustida ishlayotganimda ikkinchisi yuzaga kelsa, uni ham hal qilish uchun kirishaman. Agar to‘rtinchi muammo nazoratdan chiqib ketsa, men o‘z diqqatimni unga qarataman.